Jahon

Ozarbayjonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi
8 dekabr 2023, 10:20

Ozarbayjonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi

Ozarbayjonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi 2024-yil 7-fevralda bo‘lib o‘tadi. Bu haqdagi farmoyishni mamlakatni 20 yildan beri boshqarib kelayotgan prezident Ilhom Aliyev imzoladi.

Rossiyada 17-mart kuni prezident saylovi bo‘ladi
7 dekabr 2023, 15:21

Rossiyada 17-mart kuni prezident saylovi bo‘ladi

Rossiya parlamentining yuqori palatasi mamlakatda navbatdagi prezidentlik saylovi sanasini 2024-yil 17-martga belgiladi. Vladimir Putin saylovda ishtirok etish qarorini hali e’lon qilgani yo‘q.

Rossiyaning Bryansk shahridagi gimnaziyada otishma yuz berdi, ikki kishi halok bo‘ldi
7 dekabr 2023, 15:03

Rossiyaning Bryansk shahridagi gimnaziyada otishma yuz berdi, ikki kishi halok bo‘ldi

Bryansk (Rossiya) shahrida 8-sinfda o‘quvchi qiz gimnaziyadagi sinfdoshlariga qarata o‘t ochdi. Besh kishi yaralandi, ikki qiz halok bo‘ldi, jumladan, hujum qilgan qiz o‘z joniga qasd qildi.

Time jurnali qo‘shiqchi Teylor Sviftni “Yil odami” deb topdi. Nega aynan u?
7 dekabr 2023, 11:01

Time jurnali qo‘shiqchi Teylor Sviftni “Yil odami” deb topdi. Nega aynan u?

Amerikalik xonanda Teylor Svift Time jurnali tomonidan “Yil odami” deb topildi. Jurnal xonandaning besh qit’ada 151 ta shouni o‘z ichiga olgan va qo‘shiqchini milliarderga aylantirgan Eras Tour dasturiga ishora qilib, “Hozir sayyorada hech kim buncha ko‘p odamning hislarini uyg‘ota olmaydi”, deya qayd etdi.

Xalqaro moliya institutlari tabiiy ofat yuz berganda mamlakatlarga qarz to‘lovini kechiktirish imkonini beradi
6 dekabr 2023, 11:22

Xalqaro moliya institutlari tabiiy ofat yuz berganda mamlakatlarga qarz to‘lovini kechiktirish imkonini beradi

Bir qator yirik xalqaro moliya institutlari, jumladan, Jahon banki tabiiy ofat yuz bergan taqdirda mamlakatlarga qarz to‘lashni kechiktirish imkoni berilishini va’da qildi.

Isroil G‘azoda jangovar harakatlarni qayta boshladi
1 dekabr 2023, 11:10

Isroil G‘azoda jangovar harakatlarni qayta boshladi

Olti kun davom etgan sulhdan so‘ng Isroil G‘azo sektoriga zarba berdi, oqibatda bir necha kishi halok bo‘ldi. Jangovar harakatlarni qayta boshlashga HAMAS birinchi bo‘lib raketa hujumi uyushtirgani, bu esa sulhga zid ekani sabab sifatida ko‘rsatildi.

Dubayda COP28 sammiti boshlandi
1 dekabr 2023, 11:08

Dubayda COP28 sammiti boshlandi

Dubayda (BAA) BMT xalqaro iqlim sammiti — COP28 ochildi. 2023-yilda unda 190 dan ortiq davlatdan 70 mingdan ortiq kishi ishtirok etishi rejalashtirilgan. Konferensiyaning asosiy maqsadi insoniyatning Parij kelishuvi maqsadlariga erishish yo‘lidagi progressini tahlil qilishdan iborat.

Olmaotadagi xostelda yuz bergan yong‘inda ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
30 noyabr 2023, 12:07

Olmaotadagi xostelda yuz bergan yong‘inda ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Qozog‘istonning Olmaota shahridagi xostelda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 13 kishi, jumladan, ikki nafar yosh O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. O‘zbekiston TIV halok bo‘lganlarning yaqinlariga jasadlarni vatanga olib kelishda yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi.

Qozog‘iston fuqarosi Ukrainadagi urushda qatnashgani uchun 6 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
30 noyabr 2023, 11:02

Qozog‘iston fuqarosi Ukrainadagi urushda qatnashgani uchun 6 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Qozog‘iston sudi mamlakat fuqarosini “Vagner” XHK tarkibida Ukrainadagi urushda qatnashgani uchun 6 yilu 8 oyga ozodlikdan mahrum qildi — u yollanish moddasi bo‘yicha aybdor deb topildi.

Tojikistonda bolalarga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilganlik uchun jazo choralari kuchaytirildi
30 noyabr 2023, 09:42

Tojikistonda bolalarga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilganlik uchun jazo choralari kuchaytirildi

Tojikistonda mamlakat Jinoyat kodeksiga voyaga yetmaganlarga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etganlik uchun jazoni kuchaytiruvchi o‘zgartirishlar kiritdi.

O‘zbekiston BMTning Isroilni Golan tepaliklarini ozod qilishga chaqiruvchi rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatladi
29 noyabr 2023, 15:44

O‘zbekiston BMTning Isroilni Golan tepaliklarini ozod qilishga chaqiruvchi rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatladi

BMT Bosh Assambleyasi Isroilni Suriyadagi Golan tepaliklarini tark etishga chaqiruvchi rezolyutsiyani yana qabul qildi. Hujjatni 91 davlat, jumladan, O‘zbekiston ham qo‘llab-quvvatladi.

Yangi Zelandiya 2008-yildan keyin tug‘ilganlarga chekishni taqiqlash bo‘yicha qonundan voz kechdi
28 noyabr 2023, 09:50

Yangi Zelandiya 2008-yildan keyin tug‘ilganlarga chekishni taqiqlash bo‘yicha qonundan voz kechdi

Yangi Zelandiyada 2008-yildan keyin tug‘ilganlarga sigaret sotishni taqiqlash bo‘yicha qonun bekor qilindi. Hukumat buni soliqlarni kamaytirish maqsadida qilingani bilan izohladi.

HAMAS garovga olingan isroilliklarning birinchi guruhini ozod qildi
25 noyabr 2023, 05:37

HAMAS garovga olingan isroilliklarning birinchi guruhini ozod qildi

HAMAS, Isroil bilan tuzilgan kelishuvga ko‘ra, garovga olingan 13 nafar isroillikni Qizil xoch tashkilotiga topshirdi. Guruh, shuningdek, 12 nafar Tailand fuqarosini ham asirlikdan ozod qildi.

JSST Xitoydan bolalarda pnevmoniya avj olayotgani bo‘yicha ma’lumot so‘radi
24 noyabr 2023, 09:54

JSST Xitoydan bolalarda pnevmoniya avj olayotgani bo‘yicha ma’lumot so‘radi

JSST Xitoy rasmiylaridan nafas olish yo‘llari kasalliklari va bolalarda pnevmoniya avj olayotgani haqida ma’lumot so‘radi. Xitoydagi vaziyat kovidga qarshi cheklovlar olib tashlanishi bilan izohlanmoqda.

Yevropa Ittifoqi Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari konsepsiyasini tayyorladi
23 noyabr 2023, 13:36

Yevropa Ittifoqi Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari konsepsiyasini tayyorladi

Yevropa Ittifoqi Ukraina uchun harbiy yordam, dezinformatsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish, yadro xavfsizligini ta’minlash, ittifoqqa qo‘shilish uchun zarur islohotlarni amalga oshirishda yordam va boshqalarni nazarda tutuvchi xavfsizlik kafolatlari konsepsiyasini tayyorladi.

Rossiyada O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida ommaviy mushtlashuv bo‘ldi
22 noyabr 2023, 13:17

Rossiyada O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida ommaviy mushtlashuv bo‘ldi

Moskvadagi ko‘p qavatli uy qurilishi maydonida 35−40 nafar ishchi ishtirokida janjal yuz berdi, ular orasida o‘zbekistonliklar ham bor. Mushtlashuvga oshxonaga kirishda navbat talashish sabab bo‘ldi. Migrantlar jinoiy va ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Isroil va HAMAS o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatishga kelishdi
22 noyabr 2023, 11:38

Isroil va HAMAS o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatishga kelishdi

Isroil hukumati HAMAS bilan o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatish va bu davrda asirlarni almashishga kelishib oldi. Sulh vaqtida insonparvarlik yordami, dori-darmon va yonilg‘i yuklangan yuk mashinalari G‘azoga kirishi mumkin bo‘ladi. Tafsilot.

Tadqiqot: Dunyo aholisining eng boy 1 foizi eng kambag‘al 66 foizdan ko‘proq uglerod gazi chiqindilarini chiqaradi
22 noyabr 2023, 10:25

Tadqiqot: Dunyo aholisining eng boy 1 foizi eng kambag‘al 66 foizdan ko‘proq uglerod gazi chiqindilarini chiqaradi

Global iqlim tengsizligi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, dunyodagi eng boy 1 foiz aholi daromadlari past bo‘lgan 66 foiz aholiga qaraganda ko‘proq miqdorda tabiatga uglerod gazi chiqindilari chiqaradi.

AQShga Meksika orqali noqonuniy kirgan o‘zbekistonliklar endi mamlakatga qo‘yib yuborilmaydi
20 noyabr 2023, 14:54

AQShga Meksika orqali noqonuniy kirgan o‘zbekistonliklar endi mamlakatga qo‘yib yuborilmaydi

AQShga Meksika orqali noqonuniy kirmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari endilikda mamlakatga qo‘yib yuborilmaydi va immigratsiya ishi hal bo‘lgunicha hibsda saqlanadi. Noqonuniy migratsiyaga yordam bergan oila a’zolari ham viza olishdan mahrum etilishi mumkin.

JSST: emlash kamaygani uchun dunyo bo‘ylab qizamiq va undan o‘lim darajasi ortmoqda
18 noyabr 2023, 10:02

JSST: emlash kamaygani uchun dunyo bo‘ylab qizamiq va undan o‘lim darajasi ortmoqda

2022-yilda qizamiq bilan kasallanish 2021-yilga nisbatan 18 foizga, o‘lim darajasi 40 foizdan ko‘proqqa oshgan. Bu emlash qamrovining pasayishi bilan bog‘liq, deyiladi JSST hisobotida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting