Jahon

AQSh qirg‘izistonliklar uchun sayyohlik va ishbilarmonlik vizalari muddatini 5 yildan 10 yilga uzaytirdi
5 mart 2024, 10:41

AQSh qirg‘izistonliklar uchun sayyohlik va ishbilarmonlik vizalari muddatini 5 yildan 10 yilga uzaytirdi

AQSh Qirg‘iziston fuqarolariga beriladigan sayyohlik va ishbilarmonlik vizalarining amal qilish muddatini 5 yildan 10 yilgacha uzaytirdi. Bundan tashqari, Qirg‘iziston pasporti egalari uchun B1, B2 va B1/B2 vizasiga ariza topshirish uchun 20 dollar miqdoridagi yig‘im bekor qilindi.

AQSh Oliy sudi Trampning prezidentlik saylovlarida ishtirok etishiga ruxsat berdi
4 mart 2024, 23:45

AQSh Oliy sudi Trampning prezidentlik saylovlarida ishtirok etishiga ruxsat berdi

AQSh Oliy sudi Donald Tramp prezidentlikka nomzodini qo‘yish huquqiga ega ekani haqida qaror chiqardi. Avvalroq Kolorado sudyalari Trampga Kapitoliyga bostirib kirganlik ishi bo‘yicha qo‘yilgan ayblovlar tufayli uni saylov byulleteniga kiritishni taqiqlagan edi.

Shahboz Sharif Pokistonning yangi bosh vaziri bo‘ldi
4 mart 2024, 23:23

Shahboz Sharif Pokistonning yangi bosh vaziri bo‘ldi

Hukumat sobiq rahbari Navaz Sharifning ukasi Shahboz Sharif Pokistonning yangi bosh vaziri etib saylandi. Uning nomzodi sakkiz partiyadan iborat koalitsiya tomonidan ilgari surilgandi.

O‘zbekiston Freedom House erkinlik reytingida yana 12 ball to‘pladi
4 mart 2024, 20:53

O‘zbekiston Freedom House erkinlik reytingida yana 12 ball to‘pladi

Freedom House`ning yangi erkinlik reytingida O‘zbekiston 100 balldan 12 ball to‘pladi — mamlakat hali ham “erkin emas” maqomida. Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari ham shu toifada qolmoqda. Finlyandiya eng yuqori o‘rinni oldi.

Olmaota yaqinida kuchli zilzila sodir bo‘ldi, aholi vahima sabab ko‘chaga chiqdi
4 mart 2024, 15:32

Olmaota yaqinida kuchli zilzila sodir bo‘ldi, aholi vahima sabab ko‘chaga chiqdi

Olmaota yaqinida 6,1 magnitudali zilzila yuz berdi, shaharda zilzila kuchi 5 ballni tashkil etdi. Metro faoliyati to‘xtatildi, politsiya kuchaytirilgan ish tartibiga o‘tkazildi. Ko‘plab shaharliklar vahima ichida ko‘chaga chiqdi.

JSST: dunyoda semizlikdan aziyat chekadigan odamlar soni 1 milliarddan oshdi
1 mart 2024, 19:37

JSST: dunyoda semizlikdan aziyat chekadigan odamlar soni 1 milliarddan oshdi

Olimlarning fikriga ko‘ra, 2022-yilda 1 milliarddan ortiq odam yoki har sakkiz kishidan biri semizlikdan aziyat chekkan. 1990-yildan beri kattalar orasida semizlik bo‘yicha global ko‘rsatkich ikki baravar, bolalar va o‘smirlar orasida esa to‘rt baravar ko‘paydi.

Qozog‘istonda rasman yagona UTC+5 vaqti o‘rnatildi
1 mart 2024, 17:22

Qozog‘istonda rasman yagona UTC+5 vaqti o‘rnatildi

1-martdan boshlab Qozog‘istonda hukumat qaroriga binoan rasman yagona UTC+5 vaqti o‘rnatildi (avval UTC+5 va UTC+6 vaqt zonasi bor edi). Mintaqada soat millari bir soat ortga surilib, O‘zbekiston bilan bir xil bo‘ldi. Yevropaga bir soat yaqinlashdi.

Tojikiston energiya ta’minotida yirik uzilish kuzatildi
1 mart 2024, 15:18

Tojikiston energiya ta’minotida yirik uzilish kuzatildi

Tojikiston energetika tizimida yirik nosozlik yuz berdi, Dushanbe va bir qator viloyatlarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi. Mamlakat poytaxtida issiqlik ta’minoti o‘chib, ichimlik suvi ta’minoti ham to‘xtadi.

Ukraina Rossiya yozgacha mamlakat mudofaasini yorib o‘tishidan xavfsiramoqda — Bloomberg
29 fevral 2024, 23:40

Ukraina Rossiya yozgacha mamlakat mudofaasini yorib o‘tishidan xavfsiramoqda — Bloomberg

Ukraina yozgacha Rossiyaning hujumi tezlashib, Ukraina armiyasida o‘q-dorilar yetishmasligi sharoitida Kiyev mudofaasini yorib o‘tishi mumkinligidan xavotirda, deb yozdi Bloomberg.

G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 30 mingdan oshdi
29 fevral 2024, 22:54

G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 30 mingdan oshdi

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil va XAMAS o‘rtasidagi urush natijasida anklavda halok bo‘lganlar soni 30 mingdan oshgan, 70 mingdan ortiq kishi jarohatlangan.

AQShda uchinchi shtat ham Trampga saylovda qatnashishni taqiqladi
29 fevral 2024, 14:59

AQShda uchinchi shtat ham Trampga saylovda qatnashishni taqiqladi

Illinoys shtati sudi AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga respublikachilar partiyasidan ushbu shtatda prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun o‘tkaziladigan praymerizda qatnashishni taqiqladi. Avvalroq xuddi shunday qaror Kolorado va Meyn shtatlarida ham qabul qilingan edi.

Qozog‘iston Majilisi mamlakatda Starlink`dan foydalanishga ruxsat berdi
29 fevral 2024, 00:00

Qozog‘iston Majilisi mamlakatda Starlink`dan foydalanishga ruxsat berdi

Qozog‘iston parlamentining quyi palatasi mamlakatda Starlink sun’iy yo‘ldosh internetidan foydalanishni ma’qulladi. Rasmiylar Starlink to‘plamlarining birinchi partiyasini qabul qilib oldi, ularni qishloq maktablarida o‘rnatish rejalashtirilgan.

Janubiy Koreyada tug‘ilish darajasi rekord darajaga tushib ketdi
28 fevral 2024, 23:25

Janubiy Koreyada tug‘ilish darajasi rekord darajaga tushib ketdi

Shundoq ham dunyoda eng past bo‘lgan Janubiy Koreyadagi tug‘ilish darajasi 2023-yilda yana ham pasayishda davom etdi. Mamlakat rasmiylari muammoni hal qilish uchun allaqachon 270 mlrd dollarga yaqin mablag‘ sarflab ulgurdi, biroq bu natija bermayapti.

Fransiya shaharlaridan biri tengsizlikka qarshi kurashish uchun maktab formasini joriy etdi
28 fevral 2024, 14:42

Fransiya shaharlaridan biri tengsizlikka qarshi kurashish uchun maktab formasini joriy etdi

Fransiyaning Beze shahrida maktab formasini kiyish bo‘yicha hukumat tajribasi boshlandi. Rasmiylar bu tengsizlikni kamaytirishga yordam beradimi yoki yo‘q, shuni tekshirmoqchi. 1968-yildan beri fransuz maktablarida forma kiyish majburiy emas.

Antarktidada ilk bor parranda grippi aniqlandi
27 fevral 2024, 20:19

Antarktidada ilk bor parranda grippi aniqlandi

Antarktida materigida H5N1 parranda grippi xavfli shtammi bilan kasallanishning birinchi holatlari qayd etildi. Olimlar kasallik endi pingvinlarning yirik koloniyalari orasida tarqalishi mumkinligidan xavotirda.

Rossiya 1-martdan yana benzin eksportini taqiqlaydi, lekin cheklov O‘zbekistonga taalluqli emas
27 fevral 2024, 12:57

Rossiya 1-martdan yana benzin eksportini taqiqlaydi, lekin cheklov O‘zbekistonga taalluqli emas

Rossiyada 1-martdan talabning mavsumiy ortishi fonida benzin eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy etiladi. Cheklovlar O‘zbekiston va YeOII mamlakatlariga ta’sir qilmaydi.

Rossiya O‘zbekiston va Qozog‘iston kabi davlatlar orqali YeIning sanksiyalangan tovarlarini olishda davom etmoqda — Bloomberg
27 fevral 2024, 12:09

Rossiya O‘zbekiston va Qozog‘iston kabi davlatlar orqali YeIning sanksiyalangan tovarlarini olishda davom etmoqda — Bloomberg

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Yevropa Ittifoqidan Rossiyaga 450 mln yevrolik yuqori ustuvorlikka ega tovarlar yetib borgan. Tovarlarning chorak qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri YeIdan, qolgani esa O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, BAA kabi davlatlar orqali Rossiyaga yetib borgan, deb yozmoqda Bloomberg.

Vengriya parlamenti Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish haqidagi arizasini ratifikatsiya qildi
27 fevral 2024, 10:14

Vengriya parlamenti Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish haqidagi arizasini ratifikatsiya qildi

Vengriya parlamenti Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish bo‘yicha bergan arizasini ratifikatsiya qildi. Mamlakat Shvetsiyaning harbiy blokka qo‘shilishi uchun roziligi kerak bo‘lgan eng so‘nggi davlat edi. Rasmiy jarayonlar yakunlangach, Shvetsiya NATOning 32-a’zosiga aylanadi.

AQSh O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritdi
26 fevral 2024, 23:35

AQSh O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritdi

AQSh Moliya vazirligi O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonning bir qancha kompaniyalariga cheklovlarni chetlab o‘tib, Rossiyaga mahsulot yetkazib bergani uchun sanksiyalar kiritdi.

Zelenskiy: urushning ikki yilida 31 ming Ukraina askari halok bo‘ldi
26 fevral 2024, 19:00

Zelenskiy: urushning ikki yilida 31 ming Ukraina askari halok bo‘ldi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaga qarshi ikki yildan beri davom etayotgan keng ko‘lamli urushda 31 ming ukrainalik askar halok bo‘lganini aytdi. Bundan tashqari, mamlakatning bosib olingan hududlarida yana o‘n minglab tinch aholi vafot etgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting