Qozog‘iston hukumati “Tolibon”ni taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarishga qaror qildi. Bu haqda Kazinform agentligi Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarovga tayanib ma’lum qildi.

“Qozog‘iston Respublikada taqiqlangan terroristik tashkilotlarning milliy ro‘yxatini aktuallik maqsadida muntazam ravishda ko‘rib chiqadi. Ushbu jarayon doirasida BMT amaliyotiga ko‘ra “Tolibon”ni undan chiqarib tashlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. BMT Xavfsizlik Kengashining majburiy rezolyutsiyalariga ko‘ra, “Tolibon” harakati BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan terrorchi deb tan olingan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilmagan”, — dedi Aybek Smadiyarov.

Qozog‘iston va “Tolibon” o‘rtasidagi diplomatik aloqalarning rivojlanishi haqida gapirgan Smadiyarov, rasmiy Ostona Xavfsizlik Kengashi va BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan qaror va rezolyutsiyalarga qat’iy amal qilishda davom etishini aytdi.