Kuvayt amiri Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh 86 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda Al Jazeera davlat televideniyesiga tayanib.

Uning o‘limi sabablari hozircha oshkor etilmagan. Noyabr oyi oxirida u favquloddagi sog‘liq muammosi tufayli kasalxonaga yotqizilgan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kuvayt xalqiga hamda marhumning oila a’zolariga hamdardlik yo‘lladi.

Ma’lumot uchun, Navaf as-Saboh Quvaytni 2020-yildan buyon boshqarib kelgan. Endilikda uning o‘rnini ukasi — 83 yoshli valiahd shahzoda Mashaal al-Ahmed al-Jobir as-Saboh egallashi kutilmoqda.