Jahon

Jahon yangiliklari dayjesti
27 iyul 2021, 21:30

Jahon yangiliklari dayjesti

JSSTning elektron sigaretlar tarqalishini cheklashga chaqirayotgani, Qozog‘istonda LinkedIn’ning bloklangani, Kobul va uning atrofidagi viloyatlarning elektr ta’minotisiz qolgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

10 avgustdan xorijliklarga Umra ziyoratini amalga oshirishga ruxsat berildi
27 iyul 2021, 16:48

10 avgustdan xorijliklarga Umra ziyoratini amalga oshirishga ruxsat berildi

Saudiya Arabistoni 10 avgustdan boshlab xorijlik ziyoratchilar uchun Umra mavsumi tiklanishini e’lon qildi. Ziyoratchilar koronavirusga qarshi Pfizer, Moderna, AstraZeneca yoki J&J vaksinalari bilan to‘liq emlangan bo‘lishi kerak.

AQSh yil oxiriga qadar Iroqdagi harbiy operatsiyalarda ishtirok etishni to‘xtatadi
27 iyul 2021, 10:13

AQSh yil oxiriga qadar Iroqdagi harbiy operatsiyalarda ishtirok etishni to‘xtatadi

AQSh 31 dekabrga qadar Iroqdagi harbiy operatsiyalardagi ishtirokini to‘xtatadi. Xavfsizlik bo‘yicha munosabatlar o‘quv mashg‘ulotlari, maslahatlashuvlar, ravzvedka ma’lumotlarini olishga o‘tkaziladi. Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar Iroq xavfsizlik kuchlarini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ma’lum qildi.

Jahon yangiliklari dayjesti
26 iyul 2021, 22:59

Jahon yangiliklari dayjesti

Tunisdagi siyosiy inqiroz, Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilayotgan Tokioga yaqinlashayotgan tayfun, Afg‘onistondagi olti oylik janglarda deyarli 1,6 ming tinch aholining halok bo‘lgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Theranos: yolg‘onlar evaziga qurilgan 9 mlrd dollarlik startap tarixi
26 iyul 2021, 15:35

Theranos: yolg‘onlar evaziga qurilgan 9 mlrd dollarlik startap tarixi

Theranos biotexnologik startapi asoschisi Elizabet Xolms 10 yildan ortiqroq vaqt davomida ommaga arzon, qulay va yuqori sifatli qon tahlillarini olish texnologiyasini taqdim etishni va’da qilib kelgan. Lekin uning yolg‘onlari va firibgarlik sxemalari fosh etilgach, kompaniya qulashni boshlaydi. «Gazeta.uz» o‘z vaqtida 9 mlrd dollarga baholangan kompaniya tarixi va Elizabet Xolmsning kirdikorlari qanday fosh etilganligi haqidagi maqolani taqdim etadi.

Afg‘oniston hukumati 31 ta viloyatda komendantlik soati joriy qildi
25 iyul 2021, 10:00

Afg‘oniston hukumati 31 ta viloyatda komendantlik soati joriy qildi

Shanba kuni Afg‘onistonning 31 ta viloyatida komendantlik soati e’lon qilindi. IIV rasmiy vakili ushbu qaror «Tolibon» harakatini cheklash maqsadida qabul qilinganini aytmoqda. Hozirda 10 dan ortiq tumanlarda hukumat harbiylari va toliblar o‘rtasida faol to‘qnashuvlar davom etmoqda.

Jahon yangiliklari dayjesti
24 iyul 2021, 21:03

Jahon yangiliklari dayjesti

Afg‘onistonning 31 ta provinsiyasida komendantlik soati e’lon qilingani, Avstraliya va Fransiyadagi norozilik namoyishlari, koronavirusning yangi shtammi aniqlangani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida otishma sodir bo‘ldi
24 iyul 2021, 16:25

Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida otishma sodir bo‘ldi

Tojik-qirg‘iz chegarasidagi Isfara shahri hududida otishma sodir bo‘ldi. Tojik aholisi huddudagi «Qummazor» davolash maskanida hashar o‘tkazmoqchi bo‘lganlarida, o‘zaro to‘qnashuv yuzaga kelgan. Bunga sabab esa «qirg‘iz tomonining roziligisiz hududni qumlardan tozalashni boshlashgan» ni ekanligi aytilmoqda. Har ikki tomondan otishma 10 daqiqa davom etgan.

Jahon yangiliklari dayjesti
23 iyul 2021, 21:35

Jahon yangiliklari dayjesti

Belarusda 40 dan ortiq nodavlat tashkilotlarning tugatilgani, Tokiodagi Olimpiya o‘yinlariga qarshi norozilik namoyishlari, Afg‘oniston mojarosi bo‘yicha so‘nggi yangiliklar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Tojikiston Afg‘onistondan 100 mingga yaqin qochqinlarni qabul qilishga tayyor
23 iyul 2021, 15:01

Tojikiston Afg‘onistondan 100 mingga yaqin qochqinlarni qabul qilishga tayyor

Iyul oyida Tojikiston Afg‘onistondan 1574 nafar qochqinlarni qabul qildi. Keyinchalik ular charter reyslari bilan Kobul va Mozori-Sharifga qaytarilgan. Mamlakat chegaradosh hududlardan 100 mingga yaqin afg‘on qochqinlarini qabul qilishga tayyor.

Jahon yangiliklari dayjesti
22 iyul 2021, 21:07

Jahon yangiliklari dayjesti

2,5 ming nafar Afg‘oniston fuqarosiga AQSh maxsus immigratsion vizasi ajratilgani, Xitoydagi toshqinlarda halok bo‘lganlar sonining 33 nafarga yetgani, Isroilda koronavirusga qarshi yangi turdagi vaksinaning ishlab chiqarilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Tojikistonda afg‘on qochqinlari uchun vaqtinchalik baza quriladi
20 iyul 2021, 21:52

Tojikistonda afg‘on qochqinlari uchun vaqtinchalik baza quriladi

Tojikistonning Xatlon viloyatida afg‘on qochqinlari uchun vaqtinchalik saqlash bazasini qurish rejalashtirilmoqda. Viloyat rahbari Qurbon Hakimzoda afg‘onlarning o‘z vaqtida fuqarolik urushi jarayonida tojikistonliklarni dastaklaganini esga oldi. Iyul boshida O‘zbekiston Termiz yaqinida ham chodirli shaharcha qurilishi haqida xabar qilingan edi, biroq mamlakat hukumati hozircha ushbu xabarga izoh bermadi.

Jahon yangiliklari dayjesti
19 iyul 2021, 21:22

Jahon yangiliklari dayjesti

Afg‘oniston qurolli kuchlarining bir necha hududlarni toliblardan qaytarib olgani, Xitoy va Hindistondagi kuchli yomg‘irlar, Shanxayda dunyodagi eng katta planetariyning ochilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Josuslik dasturi jurnalistlar va faollarni kuzatish uchun ishlatilgan — OAV surishtiruvi
19 iyul 2021, 16:03

Josuslik dasturi jurnalistlar va faollarni kuzatish uchun ishlatilgan — OAV surishtiruvi

The Guardian va boshqa 16 ta nashr jurnalistlarining birgalikdagi surishtiruvda Isroilning NSO Group kompaniyasiga tegishli Pegasus josuslik dasturi hukumatlar va maxsus xizmatlar tomonidan butun dunyo bo‘ylab, shu jumladan Qozog‘iston, Ozarbayjon va Belarus jurnalistlari, faollari va kompaniya rahbarlari telefonlariga xakerlik hujumi uchun ishlatilganini aniqlashdi.

Afg‘oniston hukumati va toliblar kompromissga kelish bo‘yicha kelishuvga erishdi
19 iyul 2021, 14:28

Afg‘oniston hukumati va toliblar kompromissga kelish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Afg‘oniston hukumati va «Tolibon» Qatardagi muzokaralarda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erisha olishmadi, lekin iloji boricha tezroq kompromissga erishishga kelishishdi.

Virgin Galactic kosmik parvozga ikkita chiptani lotereyaga qo‘ydi
17 iyul 2021, 17:29

Virgin Galactic kosmik parvozga ikkita chiptani lotereyaga qo‘ydi

Virgin Galactic kompaniyasi 2022 yilda koinotga amalga oshirilishi rejalashtirilgan parvozga 2 ta chiptani lotereyaga qo‘ydi. G‘olibga parvozdan tashqari transfer, mehmonxonada joy va Richard Brenson bilan kosmodromga shaxsiy ekskursiya va’da qilingan.

Abdala vaksinasi koronavirusning og‘ir shakllariga qarshi 100% samaradorlik ko‘rsatdi — OAV
17 iyul 2021, 16:48

Abdala vaksinasi koronavirusning og‘ir shakllariga qarshi 100% samaradorlik ko‘rsatdi — OAV

Kubaning koronavirusga qarshi Abdala vaksinasi klinik sinovlarning uchinchi bosqichida kasallikning og‘ir shakli va o‘limga qarshi 100% samaradorligini ko‘rsatdi. Vaksinaning samaradorligini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlarda ishtirok etadiganlarni 300 ming kishiga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Germaniyadagi toshqinlar oqibatida 100 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
17 iyul 2021, 12:23

Germaniyadagi toshqinlar oqibatida 100 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Germaniyaning g‘arbiy qismlarida yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida 100 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Reynland-Pfals federal yerida kamida 63 kishi, Shimoliy Reyn-Vestfaliyada kamida 43 kishi vafot etgani hozircha ma’lum. 1000 dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan. Hududda mobil aloqa mavjud emas, shuning uchun rasmiylarning so‘zlariga ko‘ra, odamlar qayerda ekanliklari haqida xabar bera olmayapti.

Jahon yangiliklari dayjesti
16 iyul 2021, 21:30

Jahon yangiliklari dayjesti

BAAda komendantlik soati va mamlakatga kirish tartibining yangilangani, JARdagi tartibsizliklarda 100 dan ortiq kishining vafot etgani, BMT bosh kotibining Olimpiya sulhiga rioya qilishga chaqirayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Germaniyada suv toshqini tufayli mingdan ziyod odam bedarak yo‘qoldi
16 iyul 2021, 10:35

Germaniyada suv toshqini tufayli mingdan ziyod odam bedarak yo‘qoldi

Germaniyada dushanbadan beri davom etayotgan yomg‘irlar tufayli yuzaga kelgan suv toshqini oqibatida 1,3 ming kishi bedarak yo‘qoldi, 50 dan ortig‘i halok bo‘ldi. Suv bosgan yo‘llar va vayron bo‘lgan ko‘priklar tufayli ba’zi aholi punktlariga hanuzgacha kirish imkoni yo‘q.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting