Jahon

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati e’lon qilindi
8 oktabr 2020, 16:57

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati e’lon qilindi

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti amerikalik shoira Luiza Glyukka topshirildi.

Qirg‘iziston chegaralararo to‘lovlarni to‘xtatib qo‘ydi
8 oktabr 2020, 13:47

Qirg‘iziston chegaralararo to‘lovlarni to‘xtatib qo‘ydi

Qirg‘izistonda mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olish maqsadida chegaralararo to‘lov tizimlari, shu jumladan SWIFT tizimi faoliyati to‘xtatib qo‘yildi. Avvalroq banklarga faoliyatini to‘xtatib turish, 8 oktyabrdan boshlab esa soat 15:00 gacha ishlash tavsiya qilingan.

AQSH mehnat vizalari berishni murakkablashtirdi
7 oktabr 2020, 18:44

AQSH mehnat vizalari berishni murakkablashtirdi

AQSH yuqori malakali ishchilar uchun H-1B mehnat vizalarini berishni murakkablashtirdi. Xorijlik ishchilarni ish bilan ta’minlash uchun «maxsus kasblar» soni kamaytiriladi.

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari nomi ma’lum bo‘ldi
7 oktabr 2020, 17:18

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari nomi ma’lum bo‘ldi

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti genomlarni tahrirlash uslubini yaratgani uchun Jennifer Dudna va Emanuel Sharpentega berildi.

Qirg‘izistonda parlament spikeri va bosh vazir iste’foga chiqdi
6 oktabr 2020, 23:23

Qirg‘izistonda parlament spikeri va bosh vazir iste’foga chiqdi

Qirg‘izistonda Jogorku Kenesh spikeri va bosh vazir o‘zgardi. Muxolifatchi deputat Miktibek Abdildayev parlament spikeri etib saylandi, yaqinda qamoqdan ozod qilingan Sadir Japarov esa hukumat rahbari v. b. bo‘ldi. Prezident Sooronbay Jeenbekov qonuniy prezident ekanligini ma’lum qildi.

Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari e’lon qilindi
6 oktabr 2020, 16:59

Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari e’lon qilindi

Shvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasi tomonidan fizika bo‘yicha Nobel mukofoti Rojer Penrouz, Reynxard Gensel va Andrea Gezga qora tuynuklar borasida olib borgan tadqiqotlari uchun topshirildi.

O‘zbekiston Qirg‘izistondan kirishni chekladi (aniqlik kiritildi)
6 oktabr 2020, 14:57

O‘zbekiston Qirg‘izistondan kirishni chekladi (aniqlik kiritildi)

6 oktayabrdan boshlab Bishkekdagi tartibsizliklar manzarasida O‘zbekiston Qirg‘izistondan kirishga cheklovlar qo‘ydi, deb xabar qilmoqda Qirg‘iziston ommaviy axborot vositalari. Yuk tashish cheklovlarsiz amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston tomoni esa cheklovlar yo‘qligini e’lon qildi.

Qirg‘iziston MSK parlament saylovlarida ovoz berish natijalarini bekor qildi
6 oktabr 2020, 14:08

Qirg‘iziston MSK parlament saylovlarida ovoz berish natijalarini bekor qildi

Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi 4 oktyabrda bo‘lib o‘tgan Jogorku kenesh saylovlaridagi ovoz berish natijalarini haqiqiy emas deb topdi. 5 oktyabrda minglab fuqarolar norozilik namoyishiga chiqib, natijalarni bekor qilishni talab qilgan edi.

Bishkekda namoyishchilar Oq uyni egallab oldi
6 oktabr 2020, 12:39

Bishkekda namoyishchilar Oq uyni egallab oldi

Bishkekda parlament saylovlari natijalaridan norozi bo‘lgan minglab fuqarolar namoyish o‘tkazdi. Ular Oq uy, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi binolarini egallab oldi va sobiq prezident Almazbek Atambayevni ozod qildi. Davlat rahbari Sooronbay Jeenbekov siyosiy kuchlarni aql bilan ish ko‘rishga chaqirdi va ovoz berish natijalari bekor qilinishi mumkinligi haqida aytdi.

Kamchatkada dengiz jonivorlarining ommaviy o‘lish holati kuzatildi
5 oktabr 2020, 18:54

Kamchatkada dengiz jonivorlarining ommaviy o‘lish holati kuzatildi

Tinch okeanining Kamchatka o‘lkasi qirg‘oqlarida dengiz jonivorlarining ommaviy halok bo‘lish holatlari kuzatildi. Greenpeace buni ekologik falokat deb atadi. O‘lka rasmiylari sodir bo‘lgan voqeaning uchta versiyasini, shu jumladan texnogen ifloslanishni ko‘rib chiqmoqda.

Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari e’lon qilindi
5 oktabr 2020, 16:00

Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari e’lon qilindi

Fiziologiya va tibbiyot sohasi bo‘yicha Nobel mukofoti gepatit S virusini kashf etgan Harvi Alter, Maykl Xouton va Charlz Raysga topshirildi.

Qirg‘izistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi
5 oktabr 2020, 12:46

Qirg‘izistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi

Qirg‘izistonda Jogorku Kenesh deputatlari saylovi bo‘lib o‘tdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rinlar uchun kurashgan 16 partiyadan atigi 4 tasi parlamentga kira oldi. Aholining saylovda ishtirok etish ko‘rsatkichi 56,2 foizni tashkil etdi.

Donald Tramp va uning rafiqasi koronavirus yuqtirib oldi
2 oktabr 2020, 10:46

Donald Tramp va uning rafiqasi koronavirus yuqtirib oldi

AQSH prezidenti Donald Tramp va uning rafiqasi Melaniya Trampda COVID-19 infeksiyasi aniqlandi. Avvalroq Trampning maslahatchilaridan biri Xoup Xiksning koronavirus bilan kasallangani ma’lum bo‘lgan edi.

AQSHda Donald Tramp va Jo Bayden o‘rtasidagi ilk debatlar bo‘lib o‘tdi
30 sentabr 2020, 19:15

AQSHda Donald Tramp va Jo Bayden o‘rtasidagi ilk debatlar bo‘lib o‘tdi

AQSHda prezidentlikka nomzodlar Donald Tramp va Jo Bayden o‘rtasida ilk debatlar bo‘lib o‘tdi. Siyosatchilar COVID-19 pandemiyasi, iqtisodiyot va irqchilikni muhokama qilishdi. Tomonlar bir-birlariga gap bermasdan, bir-birini yolg‘onchilikda ayblashdi.

Moskva maktablarida ikki haftalik ta’til e’lon qilindi
29 sentabr 2020, 14:43

Moskva maktablarida ikki haftalik ta’til e’lon qilindi

Moskva meri Sergey Sobyanin Rossiya poytaxtida koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat tufayli maktab ta’tili davomiyligini ikki haftagacha uzaytirdi. Bolalar bog‘chalari esa «odatdagi jadval bo‘yicha» ishlashda davom etadi.

Jahonda koronavirus qurbonlarining soni 1 mln dan oshdi
29 sentabr 2020, 11:06

Jahonda koronavirus qurbonlarining soni 1 mln dan oshdi

Dunyo bo‘ylab COVID-19 kasalligidan vafot etgan bemorlarning soni 1 mln dan oshdi. Mamlakatlar orasida eng ko‘p qurbon AQSH (205 ming kishi), Braziliya (142 ming) va Hindistonga (96 ming) to‘g‘ri kelmoqda.

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi vaziyat keskinlashmoqda
28 sentabr 2020, 15:30

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi vaziyat keskinlashmoqda

Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlar yana kuchaymoqda. Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi vaziyatning keskinlashishi oqibatida bir kun ichida ushbu hududda o‘nlab tinch aholi vakillari, shuningdek, har ikkala tomondan ham ko‘plab harbiylar halok bo‘lgan. BMT, Yevropa Ittifoqi va bir qator mamlakatlarning ikkala tomonni harakatlarni to‘xtatib, muzokaralar yo‘liga o‘tishga chorlashiga qaramasdan, vaziyat haligacha keskinligicha qolmoqda.

Xarkov yaqinida An-26 qulashi natijasida 25 kishi halok bo‘ldi
26 sentabr 2020, 13:00

Xarkov yaqinida An-26 qulashi natijasida 25 kishi halok bo‘ldi

Xarkov viloyatida An-26 harbiy samolyoti qulab tushdi. Bortda Ukraina harbiy havo kuchlari universiteti kursantlari va ekipaj bor edi. 25 kishi vafot etdi, yana ikki kishi og‘ir jarohat oldi.

Hukumatlar moliyaviy jinoyatlar tufayli yuzlab milliard dollar yo‘qotishmoqda — BMT
25 sentabr 2020, 18:50

Hukumatlar moliyaviy jinoyatlar tufayli yuzlab milliard dollar yo‘qotishmoqda — BMT

Mablag‘larning noqonuniy yo‘l bilan chet elga olib chiqarilishi sababli hukumatlar har yili ijtimoiy rivojlanishga sarflanishi mumkin bo‘lgan 500 mlrd dollar miqdorda pul yo‘qotishadi. Mamlakatlar rasmiylari korrupsiya va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi qat’iyroq kurashishlari kerak, deyishmoqda BMT ekspertlari.

Telegram tarmog‘ida nosozliklar kuzatildi
25 sentabr 2020, 16:44

Telegram tarmog‘ida nosozliklar kuzatildi

Downdetector xizmatining ma’lum qilishicha, Rossiya, Belarus, Ukraina, Germaniya, Italiya, Estoniya, Latviya, Fransiya, Vengriya va qisman O‘zbekiston hududlarida Telegram tarmog‘ida nosozliklar kuzatildi. Xabar berilishicha, hozirda tarmoq faoliyati barqaror holatga qaytgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting