Jons Xopkins universiteti (AQSH) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab COVID-19 kasalligidan vafot etgan bemorlarning soni 1 mln dan oshdi.

Mamlakatlar orasida eng ko‘p qurbon AQSHga to‘g‘ri kelmoqda — 205 mingdan ortiq inson vafot etgan. Braziliya qurbonlar soni bo‘yicha ikkinchi ko‘rsatkichga — 142 ming, Hindiston uchinchi ko‘rsatkichga (96 ming) ega. Shuningdek, Meksika (76 ming), Buyuk Britaniya (42 ming), Italiya (35 ming), Peru (32 ming), Fransiya (31 ming), Ispaniya (31 ming), Eron va Kolumbiya (har birida 25 ming nafardan ortiq qurbon) ko‘pchilik insonlar ushbu kasallikdan ko‘z yumdi.

Dunyoda koronavirus infeksiyasi bo‘yicha ro‘yxatga olingan kasallar soni esa hozirda 33 mln dan oshgan. COVID-19 dan tuzalganlar soni 23 mln dan oshdi.

Ma’lumot uchun, hozirgi vaqtgacha O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 56 mingdan oshgan, qurbonlar soni esa 477 nafarga yetgan.