Jahon

Emomali Rahmon nomzodi Tojikiston prezidentlik saylovlariga qo‘yildi
27 avgust 2020, 13:01

Emomali Rahmon nomzodi Tojikiston prezidentlik saylovlariga qo‘yildi

Tojikiston Mustaqil kasabalar uyushmasi federatsiyasi mamlakatning amaldagi prezidenti Emomali Rahmonni 11 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdagi prezidentlik saylovlariga nomzod sifatida ilgari surdi. Yana 4 ta siyosiy partiyalar ham o‘z nomzodlarini ko‘rsatdi.

COVID-19 bilan qayta kasallanish ehtimoli juda oz — JSST
26 avgust 2020, 18:13

COVID-19 bilan qayta kasallanish ehtimoli juda oz — JSST

Koronavirus infeksiyasiga qayta chalinish mumkin, lekin bu ommaviy tendensiya emas, deya ta’kidladi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Margaret Xarris. Bunday holatlar Gonkong, Belgiya, Niderlandiya va boshqa mamlakatlarda qayd etildi.

Ilk bor o‘zbekistonlik tadbirkor Forbes Tech kengashiga a’zo bo‘ldi
26 avgust 2020, 11:31

Ilk bor o‘zbekistonlik tadbirkor Forbes Tech kengashiga a’zo bo‘ldi

O‘zbekistonlik tadbirkor Bobir Akilxanov Forbes jurnalining texnologiya bo‘yicha kengashi (FTC) tarkibiga kirdi. Tadbirkor ushbu kengashga a’zo bo‘lgan birinchi o‘zbekistonlik bo‘lib, bu unga taniqli jurnalda texnologiya bo‘yicha maqolalar joylashtirish imkoniyatini beradi.

Gonkongda koronavirus bilan qaytadan kasallanish holati aniqlandi
25 avgust 2020, 13:42

Gonkongda koronavirus bilan qaytadan kasallanish holati aniqlandi

Gonkong universiteti olimlari koronavirus bilan qayta kasallanish holatini tasdiqlashdi. Koronavirusdan davolanib chiqqan yigitga bir necha oydan keyin yana COVID-19 tashxisi qo‘yilgan.

O‘zbekiston COVID-19 ga qarshi emlash dasturiga qo‘shildi
25 avgust 2020, 12:50

O‘zbekiston COVID-19 ga qarshi emlash dasturiga qo‘shildi

O‘zbekiston JSSTning COVAX (koronavirusga qarshi vaksina qilish) dasturiga qo‘shildi. Hozirda JSST portfelida koronavirusga qarshi 9 ta vaksina mavjud ekani aytilmoqda.

Aleksandr Lukashenko namoyishlar joyiga vertolyotda bronejilet va avtomat bilan bordi
24 avgust 2020, 17:05

Aleksandr Lukashenko namoyishlar joyiga vertolyotda bronejilet va avtomat bilan bordi

Yakshanba kuni yuz minglab ishtirokchilarni jamlagan “Yangi Belorussiya marshi” prezident saylovidan keyin tinch namoyishlar boshlanganidan beri eng katta tadbirlardan biriga aylandi. Namoyishchilar Mustaqillik saroyi va Davlat bayrog‘i maydoniga bordilar, Aleksandr Lukashenko ham u yerga uchib keldi — u vertolyotdan bronejilet va avtomat bilan tushdi.

Apple kapitalizatsiyasi 2 trln dollarga yetgan AQSHdagi ilk kompaniya bo‘ldi
21 avgust 2020, 14:29

Apple kapitalizatsiyasi 2 trln dollarga yetgan AQSHdagi ilk kompaniya bo‘ldi

Ikki yil oldin Apple kompaniyasining bozor qiymati 1 trln dollarga yetgan edi. Hozirda uning kapitalizatsiyasi 2 trln dollardan oshgan bo‘lib, u ushbu natijaga erishgan AQSHdagi birinchi, dunyo tarixidagi ikkinchi kompaniyaga aylandi.

Belarusda Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etilgani ortidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
20 avgust 2020, 19:27

Belarusda Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etilgani ortidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Belarus bosh prokurori prezidentlikka nomzod Svetlana Tixanovskaya tarafdorlari tomonidan Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etilgani sababli jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Bu kabi kengashlarning faoliyati davlat hokimiyatini egallashga qaratilgan, dedi u.

Munir Mamedzade YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bo‘ldi
20 avgust 2020, 14:47

Munir Mamedzade YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bo‘ldi

Munir Mamedzade YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari lavozimida ish faoliyatini boshladi. U inson huquqlari, bolalar huquqlari, yoshlar va rivojlanish sohalarida 20 yillik rahbarlik tajribasiga ega.

AQSH Demokratik partiyasidan vitse-prezidentlikka nomzod tasdiqlandi
20 avgust 2020, 14:29

AQSH Demokratik partiyasidan vitse-prezidentlikka nomzod tasdiqlandi

AQSH vitse-prezidentligiga Demokratik partiyasidan Kamala Xarris nomzod sifatida tasdiqlandi. Avvalroq Jo Bayden uni vitse-prezidentlikka nomzod sifatida tanlaganini e’lon qilgan edi. Kamala Xarris 2017 yildan Kaliforniya senatori bo‘lib kelmoqda.

Aleksey Navalniy og‘ir ahvolda reanimatsiyaga yotqizilgan
20 avgust 2020, 12:23

Aleksey Navalniy og‘ir ahvolda reanimatsiyaga yotqizilgan

Rossiya korrupsiyaga qarshi kurashish jamg‘armasi asoschisi Aleksey Navalniy 20 avgust kuni og‘ir ahvolda reanimatsiyaga yotqizilgan. Xabar berilishicha, u xushsiz holatda va hozirda sun’iy nafas olish apparatiga ulangan. U Moskvaga uchayotganida samolyotda hushidan ketgan. Uning zaharlangan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Nokia Germaniyada Mercedes avtomobillari sotilishini taqiqlashi mumkin
19 avgust 2020, 17:51

Nokia Germaniyada Mercedes avtomobillari sotilishini taqiqlashi mumkin

Mercedes avtomobillarini ishlab chiqaruvchi Daimler Finlyandiyaning Nokia kompaniyasi texnologiyalaridan litsenziyasiz foydalanlanlikda aybdor deb topildi. Endi Nokia Germaniyada kompaniyaning avtomobillarini sotishni taqiqlash huquqiga ega bo‘ladi.

Dunyo bo‘ylab 22 mlndan ortiq COVID-19 bemorlari ro‘yxatga olingan
19 avgust 2020, 13:48

Dunyo bo‘ylab 22 mlndan ortiq COVID-19 bemorlari ro‘yxatga olingan

Dunyoda ro‘yxatga olingan koronavirus holatlari soni 22 mln dan oshdi, 780 mingdan ortiq odam vafot etdi. Eng ko‘p kasallanish holatlari AQSH, Braziliya va Hindistonda kuzatilmoqda.

Malida prezident va bosh vazir hibsga olindi
19 avgust 2020, 13:31

Malida prezident va bosh vazir hibsga olindi

Malida harbiy kuchlar g‘alayon ko‘tarib, prezident va bosh vazirni hibsga olishdi. Armiya va hukumat o‘rtasidagi mojaroning sababi to‘lovlar miqdorining pastligi bo‘lishi mumkin. BMT qo‘zg‘olonni qoralab, konstitutsion tuzumni tezda tiklashga va mamlakat rahbarlarini qo‘yib yuborishga chaqirdi.

Ilon Mask dunyo boylari orasida to‘rtinchi o‘ringa chiqdi
18 avgust 2020, 17:37

Ilon Mask dunyo boylari orasida to‘rtinchi o‘ringa chiqdi

Ilon Maskning boyligi 2020 yil boshidan 57,2 mlrd dollarga o‘sib, umumiy 84,8 mlrdni tashkil etdi. Asosiy sabablardan biri yil boshidan Tesla kompaniyasining aksiyalari 339 foizga o‘sganligi bo‘ldi.

YUNEP o‘simlik diyetasiga o‘tishni maslahat bermoqda
18 avgust 2020, 09:29

YUNEP o‘simlik diyetasiga o‘tishni maslahat bermoqda

Asosan don, dukkakli ekinlar, meva va sabzavotlar kabi mahsulotlarga asoslangan diyetaga o‘tish nafaqat inson salomatligiga, balki atrof-muhitga ham foyda keltiradi. Ammo hozirgi kunga qadar, ovqatlanish bo‘yicha milliy ko‘rsatmalarning aksariyati ushbu yondashuvga amal qilmaydi, deb hisoblaydi YUNEP.

Yevropaning neft qazib oluvchi kompaniyalari yangi konlarni o‘zlashtirishdan voz kechmoqda
17 avgust 2020, 17:12

Yevropaning neft qazib oluvchi kompaniyalari yangi konlarni o‘zlashtirishdan voz kechmoqda

Yevropaning neft qazib olish sohasidagi mutaxassislari endilikda milliardlab dollarlik neft va gaz zaxiralari hech qachon qazib olinmasligini tan olishdi, deb yozadi Bloomberg. Shu jumladan, Buyuk Britaniyaning BP kompaniyasi avgust oyi boshida mamlakatlarda yangi geologik hududlarni o‘rganishdan butunlay voz kechishini e’lon qildi.

Minskda Belarus tarixidagi eng yirik namoyish bo‘lib o‘tdi
17 avgust 2020, 10:55

Minskda Belarus tarixidagi eng yirik namoyish bo‘lib o‘tdi

16 avgust kuni Minskda Aleksandr Lukashenko tarafdorlari va uning hokimiyatiga qarshilar ishtirokidagi namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Lukashenko tarafdorlari namoyishida bir qismi byudjet tashkilotlari xodimlaridan iborat bo‘lgan 65 ming kishi yig‘ildi. Oppozitsiya tarafdorlari namoyishida esa 200 ming odam qatnashdi — bu Belarus tarixidagi eng yirik namoyish bo‘ldi.

Nursulton Nazarboyevning nevarasi vafot etdi
16 avgust 2020, 23:48

Nursulton Nazarboyevning nevarasi vafot etdi

Londonda 29 yoshli Aysultan Nazarboyev — Qozog‘iston birinchi prezidentining nevarasi olamdan o‘tdi. O‘limiga yurakning to‘xtab qolishi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Isroil va BAA munosabatlarni yaxshilashga kelishib olishdi
14 avgust 2020, 13:00

Isroil va BAA munosabatlarni yaxshilashga kelishib olishdi

Isroil va BAA AQSH vositachiligi bilan munosabatlarni yaxshilash haqidagi tarixiy bitim imzolashdi. Unga ko‘ra, Isroil Iordan daryosining g‘arbiy sohilidagi hududlarni anneksiya qilishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi. Falastin esa kelishuvga qarshi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting