Rojer Penrouz, Reynxard Gensel va Andrea Gez bu yil fizika bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari bo‘lishdi. Mukofot olimlarga qora tuynuklarni tadqiq qilganlari uchun topshirildi, deya xabar berdi RIA Novosti. Gez fizika bo‘yicha ushbu mukofot bilan taqdirlangan tarixdagi to‘rtinchi ayol bo‘ldi.

Shvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasining Nobel qo‘mitasi vakillarining aniqlik kiritishicha, britaniyalik fizik va matematik Penrouz «qora tuynuklarning paydo bo‘lishi umumiy nisbiylikning ishonchli belgisi ekanligi» uchun, nemis astrofizigi Gensel va amerikalik astronom Gez esa — «galaktikamiz markazidagi supermassiv ixcham ob’ekt»ni topgani uchun mukofotlandi.

Bir kun oldin Stokgolmda fiziologiya yoki tibbiyot sohasidagi laureatlar nomlari e’lon qilingan edi. Chorshanba kuni kimyo bo‘yicha mukofot bilan kim taqdirlanishi ma’lum bo‘ladi. Adabiyot mukofoti g‘olibi payshanba, juma kuni Tinchlik mukofoti va 12 oktyabr dushanba kuni Iqtisodiyot mukofoti laureatlari e’lon qilinadi.