Jahon

Nitssada noma’lum shaxs cherkov yaqinida odamlarga pichoq bilan hujum qildi
29 oktabr 2020, 15:28

Nitssada noma’lum shaxs cherkov yaqinida odamlarga pichoq bilan hujum qildi

Nitssa shahridagi Notr-Dam cherkovida noma’lum shaxs odamlarga hujum qildi. Uch kishi halok bo‘ldi, qurbonlardan birining boshi olingan.

Fransiya va Germaniya yana ommaviy karantin e’lon qildi
29 oktabr 2020, 12:10

Fransiya va Germaniya yana ommaviy karantin e’lon qildi

Fransiya va Germaniya COVID-19 ga chalingan bemorlar soni ortgani sababli shu oyning o‘zida yana takroran karantin e’lon qildi. Bolalar bog‘chalari va maktablardan tashqari, barcha restoran, bar, kinoteatr va fitness-markazlari yopiladi.

Jahon yangiliklari dayjesti
28 oktabr 2020, 20:06

Jahon yangiliklari dayjesti

Turkiya prezidentining Charlie Hebdo’ni sudga bergani, AQSH qochoqlarni qabul qilish kvotalarini 15 mingga tushirgani, koronavirusga qarshi emlanganlar orasida kasallanish holatlarining kuzatilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Belarusda ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha 500 dan ortiq jinoiy ish ochildi
28 oktabr 2020, 12:00

Belarusda ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha 500 dan ortiq jinoiy ish ochildi

Belarusda ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirish va unda ishtirok etish bo‘yicha 500 dan ortiq jinoiy ishlar ochilgan, ularning aksariyati Minskdagi norozilik namoyishlari bilan bog‘liq. Prezident Aleksandr Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, «xalq ultimatumi» tugagan kuni miting paytida namoyishchilarni tarqatish to‘g‘risida shaxsan o‘zi buyruq bergan.

Emi Koni Barret AQSH Oliy sudi sudyasi etib tayinlandi
28 oktabr 2020, 11:05

Emi Koni Barret AQSH Oliy sudi sudyasi etib tayinlandi

Emi Koni Barret sentyabr oyida vafot etgan Rut Beyder Ginzburg o‘rniga AQSH Oliy sudi sudyasi etib tasdiqlandi. Prezidentlik saylovlaridan bir hafta oldin amalga oshirilgan ushbu tayinlov Donald Tramp uchun muhim siyosiy g‘alaba deb aytilmoqda.

Jahon yangiliklari dayjesti
27 oktabr 2020, 20:54

Jahon yangiliklari dayjesti

Ramzan Qodirovning Fransiya prezidenti haqidagi fikri, Yaponiyaning AQSH tufayli jabrlanganlarga moddiy yordam ko‘rsatishi, AQSHda 65 mln fuqaroning muddatidan aval ovoz berishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Rossiya koronavirusga qarshi choralarni kuchaytirdi
27 oktabr 2020, 17:37

Rossiya koronavirusga qarshi choralarni kuchaytirdi

Rossiyada aholiga jamoat transportida, odamlar ko‘p bo‘lgan joylarda, liftlarda niqob taqish tavsiya etildi. Ko‘ngilochar maskanlarning faoliyati to‘xtatilishi kerakligi xaqida aytilgan bo‘lsa ham, Moskva meriyasi tungi klublar va barlar yopilmasligini ta’kidladi.

Oyda suv izlari borligi aniqlandi
27 oktabr 2020, 17:19

Oyda suv izlari borligi aniqlandi

Oyning Quyoshga qaragan tomonida birinchi marta suv izlari borligi aniqlandi. Suv molekulalari osmon jismining janubiy qismidagi Klavius krateridan topilgan.

Yaqin Sharqning bir qator mamlakatlari fransuz mahsulotlariga boykot e’lon qildi
27 oktabr 2020, 14:30

Yaqin Sharqning bir qator mamlakatlari fransuz mahsulotlariga boykot e’lon qildi

Yaqin Sharqdagi ayrim mamlakatlarda aholi fransuz mahsulotlarini boykot qilmoqda va «islomofoblar kampaniyasiga» qarshi choralar ko‘rmoqda. Bu reaksiyaga Fransiya prezidentining mamlakat so‘z erkinligi, shu jumladan karikaturalardan voz kechmaydi degan so‘zlari sabab bo‘ldi. U bu haqda o‘quvchilarga Muhammad payg‘ambarning Charlie Hebdo karikaturasini ko‘rsatgan va kelib chiqishi chechen millatidan bo‘lgan immigrant tomonidan o‘ldirilgan o‘qituvchi bilan vidolashish marosimida aytgan edi.

Jahon yangiliklari dayjesti
26 oktabr 2020, 20:50

Jahon yangiliklari dayjesti

Turkiya prezidentining fransuz mahsulotlarini boykot qilishga chaqirig‘i, Isroilda COVID-19ga qarshi maxaliy vaksinaning sinovdan o‘tkazilishi, Teslaning o‘n minglab avtomobillarini qaytarib olishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha navbatdagi tinchlik sulhi ham kuchga kirishi bilanoq buzildi
26 oktabr 2020, 12:58

Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha navbatdagi tinchlik sulhi ham kuchga kirishi bilanoq buzildi

Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha so‘nggi bir oy ichida tuzilgan ikkinchi tinchlik bitimi ham shu kunning o‘zidayoq buzildi. Soat 9:00 da Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha Vashingtonda imzolangan yangi sulh kuchga kirgan edi. Bitim kuchga kirishi bilan Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston Qurolli kuchlari yana hujum qilganini e’lon qildi. Ikki mamlakat bitimni buzishda bir-birini ayblamoqda.

Jahon yangiliklari dayjesti
22 oktabr 2020, 20:45

Jahon yangiliklari dayjesti

Shvetsiyaning keksalar uchun karantinni bekor qilishi, Tesla kompaniyasining yangi rekordi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
21 oktabr 2020, 18:55

Jahon yangiliklari dayjesti

Yevropaning bir qator mamlakatlari karantin choralarini kuchaytirishi, Xitoyning yangi ekologik muammosi, Fransiyada ikki masjid himoya ostiga olinishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Qirg‘izistonda iqtisodiy amnistiya e’lon qilindi
21 oktabr 2020, 16:49

Qirg‘izistonda iqtisodiy amnistiya e’lon qilindi

Qirg‘iziston prezidenti v. b. Sadir Japarov iqtisodiy amnistiya e’lon qildi va korrupsiyaga aloqdor amaldorlarga, sobiq davlat xizmatchilariga, mansabdor shaxslarga va tadbirkorlarga noqonuniy ravishda olingan mol-mulkni davlat g‘aznasiga qaytarish uchun 30 kun muhlat berdi.

Yanvar oyida Qozog‘iston parlamentining quyi palatasiga saylovlar bo‘lib o‘tadi
21 oktabr 2020, 16:00

Yanvar oyida Qozog‘iston parlamentining quyi palatasiga saylovlar bo‘lib o‘tadi

Qozog‘iston parlamentining quyi palatasiga saylovlar 2021 yil 10 yanvarda bo‘lib o‘tadi. Partiyalar ro‘yxatida ilk marotaba xotin-qizlar va yoshlar uchun 30 foizlik kvota e’lon qilindi.

Shveysariya hukumati aholiga 7000 yevrodan to‘lash taklifini berdi
21 oktabr 2020, 14:39

Shveysariya hukumati aholiga 7000 yevrodan to‘lash taklifini berdi

Shveysariyada har bir fuqaroga, shu jumladan, bolalarga ham 7500 Shveysariya franki (taxminan 7 ming yevro) to‘lash taklifi berildi. Agar 2022 yil 22 aprelgacha ushbu tashabbusni 100 ming kishi qo‘llab-quvvatlasa, u referendumga qo‘yiladi.

Qirg‘izistonda tashqi qarzni oddiy fuqarolar hisobidan to‘lash taklif qilindi
21 oktabr 2020, 13:46

Qirg‘izistonda tashqi qarzni oddiy fuqarolar hisobidan to‘lash taklif qilindi

Qirg‘iziston parlamenti deputati fuqarolardan pul yig‘ish va mamlakatning tashqi qarzini to‘lashni taklif qildi. Ushbu taklif mamlakat tashqi qarzini oddiy fuqarolar hisobiga to‘lashga qaratilgan birinchi urinish emas.

Jahon yangiliklari dayjesti
20 oktabr 2020, 20:23

Jahon yangiliklari dayjesti

BAA va Isroil o‘rtasidagi vizasiz rejim, koronavirusga qarshi antitanalarni ishlab chiqarishni to‘xtatadigan omillar, Gretsiya va Turkiya chegarasida devor qurilishi va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

Isroil va BAA vizasiz rejim bo‘yicha kelishuvga erishdi
20 oktabr 2020, 19:17

Isroil va BAA vizasiz rejim bo‘yicha kelishuvga erishdi

Isroil va Birlashgan Arab Amirliklari o‘z fuqarolari uchun vizasiz sayohat tizimini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida kelishib olishdi.

Yevropada koronavirus cheklovlari kuchaytirilmoqda
20 oktabr 2020, 15:58

Yevropada koronavirus cheklovlari kuchaytirilmoqda

Yevropa mamlakatlarida COVID-19 bilan kasallanish holatlari ko‘payib borayotgani sababli karantin cheklovlari kuchaytirilmoqda. Ispaniyada butun boshli viloyat ikki haftaga yopiladi, Fransiya va Belgiyada favqulodda holat joriy etildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting