Bu yil kimyo bo‘yicha Nobel mukofotini CRISPR/Cas9 genomlarni tahrirlash uslubini yaratgani uchun Jennifer Dudna va Emanuel Sharpentega berildi, deya xabar berdi RIA Novosti.

Hozirda Germaniyada faoliyat olib borayotgan fransuz mikrobiologi Sharpante va uning amerikalik hamkasbi bioximik Jennifer Dudna (Kaliforniyadagi Berkli universiteti, AQSH) bir necha yil avval bakteriyalarda viruslardan saqlanish uchun molekulyar «immunitet» mavjud ekanligini kashf qilishdi. Bu kashfiyotni esa turli xil organizmalardagi genomlarni o‘ta aniqlik bilan tahrirlashda qo‘llashga muvaffaq bo‘lindi. Hozirgi kunda butun dunyo olimlari og‘ir kasalliklar, shu jumladan, OITS va turli xil irsiy xastaliklarni davolashda biror yondashuv ishlab chiqishda «genomni tahrirlash» usulidan foydalanishadi.

Eslatib o‘tamiz, 5 va 6 oktyabr kunlari Nobel qo‘mitasi fiziologiya va tibbiyot, shuningdek, fizika sohasi bo‘yicha laureatlarni e’lon qilgan edi. 8 oktyabr kuni adabiyot bo‘yicha mukofotni kim qo‘lga kiritgani, 9 oktyabrda esa Tinchlik mukofoti laureatlari nomi ma’lum bo‘ladi. Hafta so‘ngida, 12 oktyabr kuni Shvetsiya davlat banki tomonidan 1969 yili ta’sis etilgan iqtisodiyot bo‘yicha Alfred Nobel yodgorlik mukofoti kimga atalgani e’lon qilinadi.

Bu yil har bir Nobel mukofotining miqdori 10 mln shved kronasiga (1,1 mln AQSH dollari) teng.