AQSH prezidenti Donald Tramp rafiqasi Melaniya Tramp bilan birgalikda koronavirus yuqtirib olishgani haqida xabar berdi.

«Bugun birinchi xonim va men COVID-19 ga topshirgan sinovlarimiz ijobiy natija berdi. Biz o‘zimizni karantinga olamiz va darhol davolanish jarayonini boshlaymiz. Biz buni birgalikda yengib o‘tamiz!» — deb yozdi u tvitterda.

Avvalroq, prezidentning eng yaqin maslahatchisi Xoup Xiksda COVID-19 anqlangani haqida xabar berilgan edi. U Tramp bilan Klivlend va Minnesotada bo‘lib o‘tgan saylovoldi safarlarida qatnashgan edi.