Adabiyot sohasi bo‘yicha 2020 yilgi Nobel mukofoti amerikalik shoira Luiza Glyukka «tarkidunyochilik (asketizm) jozibasi bilan individual mavjudotni universallashtira oladigan taniqli poetik ovozi uchun» berildi, deya xabar berdi RIA Novosti.

Luiza Glyuk 1943 yilda Nyu-Yorkda tug‘ilgan. Shoira 1968 yilda u «To‘ng‘ich» deb nomlanuvchi ilk she’riy to‘plamini nashrdan chiqargan. Uning 1992 yilda nashr etilgan «Yovvoyi iris» to‘plami esa Pulitser mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Nobel qo‘mitasi 5 oktyabr kuni fiziologiya va tibbiyot, 6 oktyabrda fizika, shuningdek, 7 oktyabr kuni kimyo sohalari bo‘yicha laureatlarni e’lon qilgan edi. 9 oktyabr kuni Tinchlik mukofoti laureatlari nomi ma’lum bo‘ladi. Hafta so‘ngida, 12 oktyabr kuni esa Shvetsiya davlat banki tomonidan 1969 yili ta’sis etilgan iqtisodiyot bo‘yicha Alfred Nobel yodgorlik mukofoti kimga atalgani e’lon qilinadi.

Bu yil har bir Nobel mukofotining miqdori 10 mln shved kronasiga (1,1 mln AQSH dollari) teng.