25 sentyabr Toshkent vaqti bilan soat 15:35 dan boshlab Telegram tarmog‘ida nosozliklar kuzatila boshladi. Bu haqda Downdetector xizmati ma’lumot bermoqda. Hozirda tarmoq faoliyati barqaror holatga qaytgan, deya xabar berdi Telegram rasmiy tvitteri.

Foto: downdetector.ru

Xabar berilishicha, nosozliklar Rossiyaning Moskva va Sankt-Peterburg shahri, Belarus, Ukraina, Germaniya, Italiya, Estoniya, Latviya, Fransiya, Vengriya va qisman O‘zbekistondagi (Toshkent shahri va unga yaqin hududlar) foydalanuvchilar orasida kuzatildi.



Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.