«yth» tegli maqolalar


Toshkentda Spark urib yuborgan piyoda vafot etdi
20 dekabr 2023, 17:28

Toshkentda Spark urib yuborgan piyoda vafot etdi

Yunusobod tumanida Spark avtomashinasi fuqaroni urib yubordi. Oqibatda yo‘lovchi voqea joyida vafot etdi.

Marg‘ilonda Tahoe Tico bilan to‘qnashishi oqibatida ikki kishi jarohatlandi
15 dekabr 2023, 15:07

Marg‘ilonda Tahoe Tico bilan to‘qnashishi oqibatida ikki kishi jarohatlandi

Marg‘ilon shahrida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlangan Tahoe o‘z yo‘nalishida kelayotgan Tico bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida ikki kishi jarohatlandi.

Surxondaryoda yuk mashinasi urib yuborgan 4 yoshli bola vafot etdi
14 dekabr 2023, 17:57

Surxondaryoda yuk mashinasi urib yuborgan 4 yoshli bola vafot etdi

Boysun tumanida yuk mashinasi urib yuborgan 4 yoshli bola vafot etdi. Uni opasi bog‘chadan olib qaytayotgan bo‘lgan va opasini kutmasdan yo‘lning belgilanmagan joyidan yugurib o‘tmoqchi bo‘lganida halokatga uchragan.

Toshkentda piyodani urib ketib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan avtobus haydovchisi 5 yilga qamaldi
7 dekabr 2023, 18:07

Toshkentda piyodani urib ketib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan avtobus haydovchisi 5 yilga qamaldi

Yakkasaroy tumanida 2023-yil 19-iyulda 51 yoshli piyodani urib ketgan avtobus haydovchisiga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Unga ko‘ra, aybdor 2 yil muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan holda 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Jizzaxda boshqaruvi yo‘qotilgan “Jiguli” 5 ta avtomobilga borib urildi
5 dekabr 2023, 11:27

Jizzaxda boshqaruvi yo‘qotilgan “Jiguli” 5 ta avtomobilga borib urildi

Jizzax shahrida “VAZ-2107” haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan 5 ta avtomobilga borib urildi. Oqibatda uch kishi jarohatlandi.

Farg‘onada 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
28 noyabr 2023, 15:08

Farg‘onada 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Buvayda tumanidan o‘tuvchi Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lida Cobalt, Nexia-2, Tico va Hyundai Porter avtomobillari to‘qnashdi. Voqeaga haydovchilarning qalin tuman tushgan vaqtda oraliq masofani saqlay olmagani sabab bo‘ldi, ulardan biri shifoxonaga murojaat qildi.

Samarqandda yo‘lovchi avtobusi YTHga uchradi, qurbon bor
22 noyabr 2023, 14:38

Samarqandda yo‘lovchi avtobusi YTHga uchradi, qurbon bor

Oqdaryo tumanida boshqaruvi yo‘qotilgan avtobus beton to‘siqqa urilishi oqibatida 1 yo‘lovchi vafot etdi. 17 kishi jarohatlandi.

Toshkentda Hyundai urib yuborgan 41 yoshli piyoda vafot etdi
22 noyabr 2023, 10:15

Toshkentda Hyundai urib yuborgan 41 yoshli piyoda vafot etdi

Mirobod tumanida Hyundai Sonata mashinasi urib yuborgan 41 yoshli piyoda shifoxonada vafot etdi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Farg‘onada Isuzu va Damas ishtirokidagi YTHda 2 kishi vafot etdi
21 noyabr 2023, 15:51

Farg‘onada Isuzu va Damas ishtirokidagi YTHda 2 kishi vafot etdi

Uchko‘prik tumanida Isuzu Damas bilan to‘qnashishi oqibatida 2 kishi vafot etdi, 4 nafar shaxs esa tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizildi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.

Toshkentda 82-sonli avtobus mast erkakni urib yubordi
21 noyabr 2023, 11:14

Toshkentda 82-sonli avtobus mast erkakni urib yubordi

Toshkent shahrida 82-sonli avtobus yo‘lning belgilanmagan qismidan yugurib kelgan mast fuqaroni urib yubordi. 47 yoshli yo‘lovchiga tan jarohati olgani sababli voqea joyida tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Toshkentda bir kunda ikkita yo‘lovchi avtobusi YTHga uchradi, jabrlanganlar bor
10 noyabr 2023, 22:13

Toshkentda bir kunda ikkita yo‘lovchi avtobusi YTHga uchradi, jabrlanganlar bor

Toshkentda bir kunda yo‘lovchi avtobuslari ishtirokida ikkita YTH sodir bo‘ldi. Avvalroq Yashnobod tumanida 21-sonli avtobus yo‘l o‘rtasida turgan yengil avtomobil bilan to‘qnashgan edi, Mirzo Ulug‘bek tumanida esa qayrilib olmoqchi bo‘lgan 151-sonli avtobusning old qismiga avtomobil urilgan.

Toshkentda mast holda piyodani urib yuborib, o‘limiga sababchi bo‘lgan amaldor 4,5 yilga qamaldi
10 noyabr 2023, 20:16

Toshkentda mast holda piyodani urib yuborib, o‘limiga sababchi bo‘lgan amaldor 4,5 yilga qamaldi

Iyunda Toshkentda Maktabgacha ta’lim agentligining sobiq xodimi mast holda Nexia avtomobilida bir ayolni urib yuborgan edi. Piyoda ko‘plab jarohatlar tufayli kasalxonada vafot etdi. Uning qizi 100 mln so‘m tovon pulidan bosh tortdi va suddan aybdorni jazolashni so‘radi. Haydovchi 4,5 yilga qamaldi.

Olmaliqda avtobus bilan to‘qnashgan Cobalt`da yong‘in chiqdi
8 noyabr 2023, 17:21

Olmaliqda avtobus bilan to‘qnashgan Cobalt`da yong‘in chiqdi

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida Cobalt va Isuzu avtobusi o‘zaro to‘qnashib ketdi. Oqibatda yengil avtomobilda yong‘in kelib chiqdi. Hodisa sabab hech kim jarohat olmagani ma’lum qilindi.

Toshkentda yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tgan 6000 dan ortiq piyoda jarimaga tortildi
31 oktabr 2023, 14:47

Toshkentda yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tgan 6000 dan ortiq piyoda jarimaga tortildi

Poytaxtda “Diqqat piyoda” tadbiri doirasida yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tgan 6000 nafardan ortiq piyoda jarimaga tortildi, dedi Toshkent YHXB boshlig‘i Rafiqjon Jalilov. 57 nafar haydovchiga esa piyodalarga yo‘l bermagani uchun chora ko‘rilgan. Joylarda 34 ta tugmachali svetofor o‘rnatilgan.

Toshkentda yuqori tezlikdagi Weltmeister 5 ta avtomobil bilan to‘qnashdi
26 oktabr 2023, 10:31

Toshkentda yuqori tezlikdagi Weltmeister 5 ta avtomobil bilan to‘qnashdi

Mirobod tumanida orqaga harakatlanayotgan Hyundai avtomobiliga yuqori tezlikdagi Weltmeister elektromobili urilib, so‘ng yana 4 ta mashina bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida 3 kishi jarohat oldi.

Toshkentdagi piyodalar o‘tish joyida homilador ayolni urib ketib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi shartli jazo oldi
24 oktabr 2023, 18:12

Toshkentdagi piyodalar o‘tish joyida homilador ayolni urib ketib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi shartli jazo oldi

Yashnobod tumanida Nexia haydovchisi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyida 37 haftalik homilador ayolni urib yubordi. U olgan jarohatlari tufayli kasalxonada vafot etdi, o‘limidan avval tuqqan o‘g‘li ham halok bo‘ldi. Sud haydovchiga nisbatan uch yil sinov muddati bilan shartli qamoq jazosini tayinladi.

Navoiydagi YTH oqibatida 3 kishi vafot etdi
23 oktabr 2023, 15:54

Navoiydagi YTH oqibatida 3 kishi vafot etdi

Navoiy viloyati Tomdi tumanida Nexia-2 ag‘darilib ketishi oqibatida 3 kishi vafot etdi.

Toshkent viloyatida oltita mashina to‘qnashib ketdi (video)
23 oktabr 2023, 09:19

Toshkent viloyatida oltita mashina to‘qnashib ketdi (video)

Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida oltita avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, hech kim jiddiy jarohat olmagan.

Surxondaryoda teplovoz urib ketgan Spark haydovchisi vafot etdi
18 oktabr 2023, 16:17

Surxondaryoda teplovoz urib ketgan Spark haydovchisi vafot etdi

Surxondaryo viloyatida yo‘lovchi poyezdi Spark bilan to‘qnashdi. YTHga yengil avtomobil haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini buzgani sabab bo‘ldi. Avtomobil haydovchisi vafot etgan. Poyezd yo‘lovchilari jabrlanmagan.

Samarqanddagi YTHda 3 kishi halok bo‘ldi
17 oktabr 2023, 11:28

Samarqanddagi YTHda 3 kishi halok bo‘ldi

Samarqandda 17 yoshli haydovchi Nexia avtomobilida YTH sodir etdi, oqibatda o‘zi va ikki do‘sti halok bo‘ldi. Mashina beton to‘siqqa urilgach, qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan va yong‘in yuz bergan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting