15-iyul kuni soat 06:45 atrofida Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida ikki mashina to‘qnashdi, deya xabar bermoqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati.

Hududdan o‘tgan 4R-35 Jizzax-Paxtakor-Gagarin avtomobil yo‘lining 18-kilometrida Lacetti avtomashinasi qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Cobalt`ning yo‘liga chiqib ketishi oqibatida YTH sodir bo‘lgan.

Oqibatda avtoulovning 35 va 30 yoshli haydovchilari og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Ushbu transport vositalarida bo‘lgan 3 nafar yo‘lovchilar og‘ir tan jarohatlari bilan RSHTYOIM Jizzax filialining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Sh. Rashidov tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.