«yth» tegli maqolalar


Spark haydovchisi Toshkentda Hindistonning uch nafar fuqarosini urib yubordi
14 oktabr 2023, 11:26

Spark haydovchisi Toshkentda Hindistonning uch nafar fuqarosini urib yubordi

Toshkentdagi piyodalar o‘tish joyida 18 yoshli Spark haydovchisi Hindistonning uch nafar fuqarosini urib yubordi. Piyodalar turli tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizildi.

Toshkentda yana avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
13 oktabr 2023, 12:44

Toshkentda yana avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Yunusobod tumanida 82-sonli yo‘lovchi avtobusi Nexia-3 bilan to‘qnashib, xavfsizlik orolchasiga chiqib ketdi. “Toshshahartransxizmat” YTH asosiy yo‘ldan avtobus yo‘liga o‘tib ketgan yengil avtomobilning xatosi tufayli sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Jarohatlanganlar yo‘q.

Toshkentda YTHga sababchi bo‘lgan 18 yoshli Equinox haydovchisi faqat jarima bilan qutildi
12 oktabr 2023, 12:21

Toshkentda YTHga sababchi bo‘lgan 18 yoshli Equinox haydovchisi faqat jarima bilan qutildi

Rulda ketayotganini videoga olib, svetoforda Nexia-3 bilan to‘qnashgan Equinox haydovchisi haydovchilik guvohnomasi yo‘qligi va yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun atigi 1 mln 650 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Sud Nexia-3 haydovchisiga ham guvohnomasi yo‘qligi uchun xuddi shu miqdorda jarima soldi.

Toshkentda telefonida video olib ketayotgan 18 yoshli Equinox haydovchisi YTH sodir etdi
11 oktabr 2023, 15:19

Toshkentda telefonida video olib ketayotgan 18 yoshli Equinox haydovchisi YTH sodir etdi

Toshkentda 18 yoshli Equinox haydovchisi telefondan foydalanib ketayotganda, svetoforda turgan boshqa mashinaga katta tezlikda borib urildi. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Nexia-3 haydovchisi va yo‘lovchisi jabrlangan.

Sud Toshkentda halokatli YTHga sababchi bo‘lgan Captiva haydovchisiga hukm chiqardi
5 oktabr 2023, 17:14

Sud Toshkentda halokatli YTHga sababchi bo‘lgan Captiva haydovchisiga hukm chiqardi

Aprelda Captiva qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, Cobalt bilan to‘qnashib ketishi oqibatida bir kishi halok bo‘lgandi. YTHga aybdor shaxs sudda boshqaruv vaqtida hushini yo‘qotganini aytdi. Unga 3 yil muddatga transport boshqarish huquqidan mahrum qilish va 5 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Toshkentda boshqaruvi yo‘qotilgan avtobus beton ustunga urildi
28 sentabr 2023, 18:12

Toshkentda boshqaruvi yo‘qotilgan avtobus beton ustunga urildi

Mirobod tumanida yo‘lovchi avtobusi haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida beton ustunga urildi. Uning old qismi va oynalariga shikast yetgan. Hech kim jarohat olmadi, deyiladi xabarda.

Navoiy viloyatida ro‘y bergan YTHda 3 kishi halok bo‘ldi
27 sentabr 2023, 15:22

Navoiy viloyatida ro‘y bergan YTHda 3 kishi halok bo‘ldi

Uchquduq tumanida Nexia haydovchisi qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, boshqa Nexia bilan to‘qnashdi. Uch nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan, ikkala haydovchi ham jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Sergelida ikki yuk mashinasi va Cobalt to‘qnashishi oqibatida ikki kishi jarohatlandi
26 sentabr 2023, 12:49

Sergelida ikki yuk mashinasi va Cobalt to‘qnashishi oqibatida ikki kishi jarohatlandi

Toshkent shahrining Sergeli tumanida MAN va HOWO yukmashinalari hamda Cobalt ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda yuk mashinalari haydovchilari jarohat oldi.

Toshkentda YTH oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 5 kishi shifoxonaga yotqizildi
21 sentabr 2023, 15:05

Toshkentda YTH oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 5 kishi shifoxonaga yotqizildi

Yashnobod tumanida 3 ta avtomobil ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi sabab 3 kishi voqea joyida halok bo‘ldi. Yana 5 kishi shifoxonaga yotqizildi.

Namanganda yuk mashinasi bilan ro‘y bergan YTHda 5 kishi halok bo‘ldi
21 sentabr 2023, 14:22

Namanganda yuk mashinasi bilan ro‘y bergan YTHda 5 kishi halok bo‘ldi

Chust tumanida yuk mashinasi haydovchisi rulda uxlab qolishi oqibatida qarama-qarshi yo‘nalishdagi Damas va Labo bilan to‘qnashib ketdi. Besh kishi halok bo‘lgan.

Toshkentda elektrobus Nexia bilan to‘qnashdi
15 sentabr 2023, 13:51

Toshkentda elektrobus Nexia bilan to‘qnashdi

Toshkent shahrida chorrahadan svetoforning yashil chirog‘ida o‘tayotgan Yutong elektrobusi Nexia bilan to‘qnashdi. Voqeada jarohatlanganlar yo‘q.

Toshkentda haydovchi 5 yilga qamaldi, u mashinasida urib yuborgan 12 yoshli qiz vafot etgandi
14 sentabr 2023, 17:41 1

Toshkentda haydovchi 5 yilga qamaldi, u mashinasida urib yuborgan 12 yoshli qiz vafot etgandi

Toshkentda haydovchi Matiz mashinasida 12 yoshli o‘quvchi qizni urib yuborgandi. Qiz og‘ir jarohat olib, vafot etgan. Sud erkakni 3 yilga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etib, 5 yil muddatga qamoq jazosiga hukm qildi.

O‘zbekistondagi piyodalar uchun yo‘lning belgilangan joyidan o‘tish belgilanmagan joyidan o‘tishdan ko‘ra xavfliroq — ekspert
13 sentabr 2023, 17:08

O‘zbekistondagi piyodalar uchun yo‘lning belgilangan joyidan o‘tish belgilanmagan joyidan o‘tishdan ko‘ra xavfliroq — ekspert

O‘zbekistonda piyodalar uchun belgilangan piyodalar o‘tish joyidan o‘tish belgilanmagan joydan o‘tishdan ko‘ra xavfliroq, dedi ekspert Nosirjon Zokirov. Uning fikricha, bunga piyodalar o‘tish joylari yaxshi tashkil qilinmagani sabab.

Buxoroda poyezd bilan to‘qnashgan yuk mashinasi haydovchisi halok bo‘ldi
6 sentabr 2023, 11:39

Buxoroda poyezd bilan to‘qnashgan yuk mashinasi haydovchisi halok bo‘ldi

Olot tumanida poyezd yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Oqibatda Howo haydovchisi voqea joyida halok bo‘ldi.

O‘zbekistonda 7 oyda salkam 4,8 mingta YTH sodir etilgan, ularda 1115 kishi vafot etgan
5 sentabr 2023, 11:50

O‘zbekistonda 7 oyda salkam 4,8 mingta YTH sodir etilgan, ularda 1115 kishi vafot etgan

O‘zbekiston hududida 2023-yilning 7 oyida 4772 ta YTH qayd etilgan. Ularda 1115 kishi vafot etgan, 4564 nafari tan jarohatlari olgan.

Toshkent viloyatida 3 ta yuk mashinasi va Cobalt to‘qnashdi
27 avgust 2023, 14:38

Toshkent viloyatida 3 ta yuk mashinasi va Cobalt to‘qnashdi

Angrenda Shacman yuk mashinasi Cobalt avtomobili hamda Volkswagen, Man yuk mashinalari bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida 2 nafar haydovchi va bir yo‘lovchi shifoxonaga yotqizildi.

Samarqandda Malibu urib yuborgan piyoda vafot etdi
25 avgust 2023, 14:29

Samarqandda Malibu urib yuborgan piyoda vafot etdi

Urgut tumanida katta tezlikda harakatlangan Malibu-2 yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi.

Yana ikki piyoda Toshkentning xavfli va noto‘g‘ri loyihalashtirilgan ko‘chalari qurboniga aylandi
23 avgust 2023, 10:41

Yana ikki piyoda Toshkentning xavfli va noto‘g‘ri loyihalashtirilgan ko‘chalari qurboniga aylandi

Toshkentda ro‘y bergan ikkita YTHda ikki piyoda halok bo‘ldi. Urbanistlar tomonidan bir necha bor tanqid qilingan sobiq Oqtepa aylanma yo‘lida 69 yoshli ayol urib yuborildi. Shuningdek, Qonunchilik palatasi binosi yonidagi tugatilgan, tartibga solinmagan o‘tish joyida yo‘lni kesib o‘tayotgan erkak halok bo‘ldi.

Toshkent viloyatida yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Matiz haydovchisi halok bo‘ldi
15 avgust 2023, 09:14

Toshkent viloyatida yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Matiz haydovchisi halok bo‘ldi

Ohangaron tumanida Matiz o‘zi bilan bir yo‘nalishdagi yuk mashinasining orqa qismiga urildi. Oqibatda yengil avtomobil haydovchisi halok bo‘ldi.

Toshkentda avtobus beton to‘siqqa urilishi oqibatida haydovchi va 3 yo‘lovchi jarohatlandi
14 avgust 2023, 18:10

Toshkentda avtobus beton to‘siqqa urilishi oqibatida haydovchi va 3 yo‘lovchi jarohatlandi

Sergeli tumanida 184-sonli avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avval stolbaga, so‘ng beton to‘siqqa urildi. “Toshshahartransxizmat” hodisa oqibatida faqat haydovchi, YHXB esa jami 4 kishi jarohatlanganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting