G‘allaorol tumanida 15 yoshli o‘smir kechki payt yo‘lni kesib o‘tayotganda mashina urib yuborishidan halok bo‘ldi. Hodisaga yo‘l anomal sovuqdan buyon yoritilmayotgani sabab bo‘lgani aytilmoqda. Hokimiyat elektrni tejashga topshiriq berilmaganini ma’lum qildi. Ushbu uchastkada yil boshidan buyon 13 ta YTH sodir bo‘lgan.
Toshkent viloyati Qibray tumanida mast haydovchi “VAZ-2106” avtomashinasi bilan uch nafar bolani urib yubordi. 14 yoshli bola vafot etdi.
Toshkentda Lacetti haydovchisi piyodalar o‘tish joyida 9 yoshli velosipedchini urib yubordi. Bola shifoxonaga yotqizildi.
Termiz-Sariosiyo yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezd qo‘riqlanmaydigan kesishmadan o‘tayotgan “Jiguli”ni urib ketdi. Voqeaga avtomobil haydovchisining e’tiborsizligi sabab bo‘lgan. Hodisa oqibatida jarohati olganlar yo‘q.
Toshkentdagi Qo‘yliq ko‘prigi ustida 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisada hech kim jabrlanmadi.
Mirzo Ulug‘bek tumanida Isuzu avtobusi bilan to‘qnashgan Lacetti haydovchisi halok bo‘ldi.
Buxoro-Urganch avtomobil yo‘lida UzAuto Motors avtovozi va yuk mashinasi to‘qnashib ketdi. Oqibatda kompaniya mashinasida bo‘lgan ikki haydovchi halok bo‘ldi.
Qoraqalpog‘istonda Lacetti qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketib, Labo bilan to‘qnashdi. Oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, yana 2 kishi shifoxonaga yotqizildi.
Zangiota tumanida yo‘lning qarama-qarshi tarafiga chiqib ketib, Damas bilan to‘qnashgan Spark haydovchisi halok bo‘ldi. Tarmoqlarda mazkur YTH oqibatida 8 kishi vafot etgani aytilgandi, biroq ma’lumot tasdig‘ini topmadi.
Urgut tumanida Cobalt “Kamaz” bilan to‘qnashishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi. Yuk mashinasi haydovchisi shifoxonaga yotqizildi.
Toshkentda elektrobus ishtirokida bir hafta ichida uchinchi YTH sodir bo‘ldi. To‘qnashuv mast holatdagi Lacetti haydovchisining aybi bilan ro‘y berdi.
Oltiariq tumanida Nexia-2 haydovchisi velosiped boshqarib ketayotgan Italiya fuqarosini urib yubordi. U olgan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etdi.
Mirzo Ulug‘bek tumanida elektrobus va Cobalt ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda Cobalt haydovchisi olgan tan jarohatlari sabab vafot etdi.
Poytaxtda Yutong elektrobusi, Malibu 2 va Lacetti ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Haydovchilardan biri shifoxonaga yotqizildi.
Uchtepa tumanida yuk mashinasi va 7 ta yengil avtomobil to‘qnashdi. YTH oqibatida haydovchilardan biri shifoxonaga olib ketildi.
Bektemir tumanida Cobalt haydovchisi to‘xtab turgan “Jiguli”ga to‘qnashib, yo‘l chetidagi 3 nafar piyodani urib yubordi. YTH oqibatida ulardan biri kasalxonada vafot etdi.
Toshkentda Cobalt bilan to‘qnashib, uning salonidagi 11 yoshli qizchaning o‘limiga sababchi bo‘lgan Lacetti haydovchisi 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Yunusobod tumanida 6 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hech kimga tan jarohati yetmagani ma’lum qilindi.
Quvasoyda Qo‘riqlash boshqarmasi va tez yordam mashinalari o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda ikki fuqaro yengil va o‘rta darajadagi tan jarohati oldi. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv boshlandi.
Qamchiq dovonida tormozi ishlamay qolgan Isuzu yuk avtomobili 4 ta mashinaga urildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1 kishi vafot etdi, 3 kishi shifoxonaga olib ketildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting