17-iyul kuni soat 04:10 atrofida Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida Nexia-3 beton to‘siqqa urildi, deya xabar bermoqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshqarmasi matbuot xizmati.

Tumanning Parkent ko‘chasi TAPOiCh yo‘l o‘tkazgichida 21 yoshli M.M. boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan. So‘ngra yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa borib urilgan.

YTH natijasida tan jarohat olganlar bo‘lmagan. Holat yuzasidan Toshkent shahar YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

2021-yilning iyul oyida Matiz avtomobili ham ushbu yo‘l o‘tkazgichi chetidagi to‘siqqa urilib, pastdagi qatnov qismiga tushib ketgandi. Oqibatda haydovchi tan jarohati olgan va unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

beton тўсиқ, йтҳ