Farg‘ona viloyatidagi ikki yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki yo‘lovchi vafot etdi. Bu haqda IIVga tayanib “Sevimli” telekanalining “Zamon” dasturida xabar qilindi. 11-avgust kuni e’lon qilingan ushbu videoda voqealar sodir bo‘lgan vaqti haqida ma’lumot berilmagan.

Farg‘ona tumanida Damas haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton ariqqa tushib ketgan. Oqibatda avtomobilda bo‘lgan yo‘lovchilardan biri jarohat olib, halok bo‘lgan.

Shuningdek, O‘zbekiston tumanida esa 4R-147 avtomobil yo‘lining 69 kilometrida Damas haydovchisi yo‘lning qarama-qarshi tarafiga o‘tib, “VAZ 2106” avtomobili bilan to‘qnashgan. Hodisa oqibatida 2009-yilda tug‘ilgan Damas yo‘lovchisi voqea joyida vafot etgan.