22-iyul kuni Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari tomonidan Shimoliy Farg‘ona kanaliga tushib ketgan 2 ta Damas avtomobili olib chiqildi, deya xabar bermoqda viloyat boshqarmasi matbuot xizmati.

O‘sha kuni soat 12:50 atrofida Namangan shahrining “G‘uncha” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Shimoliy Farg‘ona kanaliga Damas avtomobili tushib ketgan. Qutqaruv otryadi maxsus texnikalar yordamida mashinani kanaldan olib chiqayotgan paytda yana bir Damas boshqaruvni yo‘qotib, u ham kanalga tushib ketgan.

Kanalga ikkinchi tushib ketgan avtomashina ichida 5 nafar bola bo‘lgan. Qutqaruvchilarga ularning cho‘kayotgan ovozi eshitilgan. Bolalar kanalda evakuatsiya qilingan, 3 nafari suv yutgan holda bo‘lgani uchun birinchi yordam ko‘rsatilgan.

Ulardan biri shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi, deyiladi xabarda.