11-avgust kuni soat 15:00 atrofida Toshkent viloyati Qibray tumanida Spark avtomashinasi avtohalokatga uchradi, deya xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati.

Tumani hududidan o‘tgan 4R6 Toshkent-Chirchik-Chimyon avtomobil yo‘lining 10-kilometrida 18 yoshli haydovchi M.Z. (haydovchilik guvohnomasiga ega emas) boshqaruvida onasiga tegishli Spark mashinasida harakatlanib ketayotgan vaqtida yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.

Voqeaga yigitning yo‘lning xavfli burilish qismida (ogohlantiruvchi yo‘l belgilari mavjud) rul boshqaruvini yo‘qotishi sabab bo‘lgan.

Oqibatda haydovchi olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan. Avtomobilning old o‘rindig‘ida bo‘lgan yana bir 18 yoshli yo‘lovchi tuman markaziy shifoxonasiga yotkizilgan.

YTH yuzasidan Qibray tumani IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.