14-avgust kuni soat 07:00 atrofida Toshkent viloyati Ohangaron tumanida Matiz yuk mashinasi bilan yo‘l-transport hodisasi sodir etdi, deya xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati.

Tuman hududidan kesib o‘tuvchi Olmaliq-Toshkent avtomobil yo‘lining 25-kilometrida 31 yoshli haydovchi K.X. Matiz mashinasida o‘zi bilan bir yo‘nalishda ketayotgan, 47 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Sinoturk yuk avtomobilining orqa qismiga urilgan.

йтҳ

Oqibatda Matiz haydovchisi olgan jarohatlari sababli vafot etgan. Holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.