27-avgust kuni soat 03:30 atrofida Toshkent viloyati Angrenda yuk mashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati.

Shahar hududidan o‘tgan halqaro ahamiyatdagi A-373 avtomobil yo‘lining 183-kilometrida Shacman rusumli yuk avtotransport haydovchisi o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanayotgan Cobalt va Volkswagen crafter rusumli yuk avtomashinalari bilan to‘qnashgan.

Shundan so‘ng Shacman yo‘l chetida harakatsiz turgan Man rusumli yuk avtomobiliga urilib to‘xtagan.

YTH oqibatida 2 nafar haydovchi va bir nafar yo‘lovchi tan jarohati olib, shahar markaziy shifoxonasiga yotkizilgan. Holat yuzasidan Angren shahar IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.