Toshkent shahrida Yutong elektrobusi va Nexia o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar qildi “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati.

Voqea 2023-yilning 15-sentabr kuni soat 09:23 da Sayhun ko‘chasida sodir bo‘lgan. Unda 1-avtobus saroyi filiali tasarrufidagi Yutong rusumli 13T-sonli “Shimoliy vokzal — Suvsoz mavzesi” yo‘nalishda harakatlanayotgan haydovchi S.S. boshqaruvidagi elektrobus, Mirobod tumani, Sayhun ko‘chasidan svetoforning yashil chirog‘ida harakatlanib ketayotgan vaqtda, elektroapparat qarshisida Nexia chiqib qolgan. Oqibatda YTH sodir bo‘lgan.

Mazkur YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q, elektrobus va yengil avtomobil texnik shikastlangan.

Qayd etish kerak, ushbu chorrahada Farg‘ona yo‘lidan kelayotgan avtomobillar uchun svetofor yo‘q, daraxtlar ko‘rishni cheklaydi.