25-sentabr kuni Navoiy viloyatida odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan YTH sodir bo‘ldi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”ga viloyat YHXB matbuot xizmati.

YTH soat 21:20 da Navoiy — Zarafshon — Uchquduq avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Nexia avtomashinasining 1998-yilda tug‘ilgan haydovchisi qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, 25 yoshli haydovchi boshqaruvidagi boshqa Nexia avtomobili bilan to‘qnashgan.

йтҳ, навоий viloyatи

Ikki yo‘lovchi og‘ir jarohat olib, voqea joyida halok bo‘lgan, yana bir yo‘lovchi shifoxonada vafot etgan. Har ikki haydovchi Zarafshon shahri shifoxonasiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.