12-oktabr kuni soat 22:50 larda Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 82-sonli “Yunusobod massivi-17-kvartal — Ibn Sino massivi-1” yo‘nalishida harakatlanayotgan Yutung rusumli yo‘lovchi avtobusi Nexia-3 bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati “Gazeta.uz”ga ma’lum qildi.

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa asosiy yo‘ldan avtobus yo‘liga o‘tib ketgan avtomobil haydovchisining ehtiyotsizligi tufayli yuzaga kelgan.

Foto: Vitaliy Bolbas.Foto: Vitaliy Bolbas.

YTH vaqtida avtobusda faqat bitta yo‘lovchi bo‘lgan, jabrlanganlar yo‘q, deyiladi kompaniya xabarida.

“Gazeta.uz” qabul qilgan suratlarda avtobus xavfsizlik orolchasiga chiqib ketgani va old qismi shikastlangani ko‘rsatilgan. Yengin avtomobil ham shikastlangan.