Toshkent shahri Sergeli tumanida uchta transport ishtirokida YTH yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar IIBB xabar qildi.

Qayd etilishicha, 2023-yilning 26-sentabr kuni soat 01:00 larda Sergeli tumani Xonobod ko‘chasi 12 bekat qarshisida 2002-yilda tug‘ilgan S.B. boshqaruvida bo‘lgan MAN yukmashinasi, 2001-yilda tug‘ilgan D.Sh. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt hamda 1957-yilda tug‘ilgan Sh. F. boshqaruvida bo‘lgan HOWO yukmashinalari ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH oqibatida MAN hamda HOWO rusumli yuk mashinasi haydovchilari tan jarohat olgan va shifokorlar tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.

йтҳ

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.