21-noyabr kuni Toshkent shahri Mirobod tumanida Hyundai Sonata mashinasi fuqaroni urib yubordi, deya xabar bermoqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

YTH soat 22:30 da tumanning Nukus va Avliyo ota ko‘chalari chorrahasida ro‘y bergan, mashina 1998-yilda tug‘ilgan B.B. boshqaruvida bo‘lgan. Hodisa oqibatida 41 yoshli piyoda shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan poytaxt IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.