21-oktabr kuni soat 20:00 da O‘rta Chirchiq tumanida oltita avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Toshkent viloyati IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati.

Voqea 4R-22 avtomagistralining 20-kilometrida sodir bo‘lgan. Barcha mashinalar bir yo‘nalishda harakatlangan. To‘qnashuvga yomg‘irli havoda masofani saqlamaslik sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Haydovchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan, biroq hech kim jiddiy jarohat olmagan, deyiladi xabarda.