17-dekabr kuni taxminan soat 01:50 atrofida Toshkent shahrining Yunusobod tumanida Spark avtomashinasi urib yuborgan fuqaro vafot etdi. Bu haqda “Gazeta.uz”ga poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Haydovchi tumanning Kuloltepa ko‘chasida harakatlanib ketayotgan vaqtda piyodani urib yuborgan. Oqibatda u voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda, deyiladi xabarda.