28-noyabr kuni soat 08:15 atrofida Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda Farg‘ona viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati.

Tuman hududidan o‘tgan A-373 Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lida o‘rnatilgan svetoforlardan birida Cobalt to‘xtab turgan bo‘lgan.

Uning ortidan harakatlanib kelayotgan Nexia-2, Tico va Hyundai porter avtomobillar esa qalin tuman tushgan vaqtda oraliq masofani saqlamagani sababli o‘zaro to‘qnashgan, deyiladi xabarda.

Oqibatda Tico haydovchisi tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan. Holat yuzasidan tumani YXXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.