Samarqand shahrining Sadriddin Ayniy ko‘chasida 16-oktabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan YTH oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot xizmati “Gazeta.uz”ga ma’lum qildi.

Nexia avtomobilini 17 yoshli o‘smir boshqargan va mashinada uning ikki do‘sti ham bo‘lgan. Haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida mashina beton to‘siqqa urilgan. Qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgach, daraxtga urilgan va yonib ketgan.

Haydovchi voqea joyida, ikki yo‘lovchi esa shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi ((Odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.