Toshkent viloyati Olmaliq shahrida Isuzu avtobusi va Cobalt ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi.

8-noyabr kuni soat taxminan 07:20 larda Olmaliq shahar Totuvlik va Ehtirom ko‘chalari kesishgan chorrahada (24 yoshli haydovi A.G‘. boshqaruvida bo‘lgan) Cobalt transport vositasi va (56 yoshli haydovchi S.S. boshqaruvida bo‘lgan) Isuzu avtobus ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Cobalt transport vositasining motor qismida qisqa tutashuv sodir bo‘lishi oqibatida avtoulov qisman yongan. Yong‘in qisqa muddat ichida hududiy FVB tomonidan bartaraf etilgan.

Hozirda holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB JXX YHXB tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.