22-noyabr kuni Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lida yo‘lovchi tashuvchi avtobus halokatga uchradi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati rahbari Jaxongir Sagdullayev xabar berdi.

Soat 11:50 da haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan, avtobus esa yo‘lning beton to‘sig‘iga urilgan.

YTH oqibatida 1 yo‘lovchi vafot etgan, 17 kishiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, uylariga javob berilgan, deyiladi boshqarma xabarida.

Hodisa yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.