Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida Tahoe va Tico ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar qildi viloyat IIB.

Qayd etilishicha, holat 2023-yil 14-dekabr kuni soat taxminan 13:00 larda sodir bo‘lgan. Unda 2003-yilda tug‘ilgan Y.M. Tahoye avtomobilini boshqarib Marg‘ilon shahar Ahmad Yassaviy va Tinchlik ko‘chalari kesishgan chorrahaga yaqinlashib kelayotgan vaqtida, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib harakatlangan va o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan 1992-yilda tug‘ilgan T.S. boshqaruvidagi Tico avtomobili bilan to‘qnashgan.

Oqibatda Tico haydovchisi va bir nafar yo‘lovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan.