4-dekabr kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanida yuk mashinasi urib yuborgan 4 yoshli bola vafot etdi, deya xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakat xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati.

Voqea tuman hududidan o‘tuvchi M39 avtomobil yo‘lda sodir bo‘lgan. 45 sonli maktabning 2 sinf o‘quvchisi 4 yoshli ukasini bog‘chadan olib qaytayotganda yo‘lning belgilanmagan joydan ya’ni, beton ustidan o‘tkazib qo‘ygan.

Bola opasini kutmasdan yo‘lning qatnov qismidan yugurib o‘tgan. Shu vaqtda harakatlanib kelayotgan yuk mashinasi bolani urib yuborgan va bola vafot etgan.

Hodisa joyi xodimlar tomonidan o‘rganilganda yo‘l tekisligi, belgilar yotiq chiziqlar bilan jihozlangani, ajratuvchi beton to‘siq, yer osti va usti piyodalar o‘tish joyi ham mavjudligi aniqlangan, deyiladi xabarda.