Navoiy viloyatida Nexia-2 ag‘darilib ketib, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi matbuot xizmati “Gazeta.uz” so‘roviga asosan ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, voqea 20-oktabr kuni Tomdi tumanida sodir bo‘lgan. Buning oqibatida 2 kishi voqea joyida, yana 1 kishi ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan shifoxonada vafot etdi.

YTH sababi o‘rganilganda, Nexia-2 tezlikni oshirishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘ldan chiqib ketgani aniqlandi. Holat yuzasidan Tomdi tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan.