18-oktabr kuni Surxondaryo viloyatidagi temir yo‘l kesishmasida teplovoz Spark avtomashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ axborot xizmati xabar berdi.

YTH Sho‘rchi-Xayrobod uchastkasidagi qo‘riqlanmagan temir yo‘l kesishmasida sodir bo‘lgan. U yerda yo‘l belgilari va signalizatsiya o‘rnatilgan. Poyezd favqulodda tormozlanganiga qaramay, mazkur hodisa ro‘y bergan. Hodisaga avtomashina haydovchisi tomonidan harakatlanish qoidasi qo‘pol ravishda buzilgani sabab bo‘lgan.

teplovoz, yth

To‘qnashuv oqibatida teplovoz biroz shikastlangan, poyezd yo‘lovchilari jabrlanmagan. Spark haydovchisi shifoxonaga yetkazilgan va ko‘rsatilgan yordamga qaramay, vafot etgan.

teplovoz, yth

Hozirda huquq-tartibot idoralari tomonidan voqea yuzasidan tekshiruv olib bormoqda, deyiladi xabarda.