5 oktabr kuni taxminan soat 21:00 da Yashnobod tumani Jarqo‘rg‘on ko‘chasida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.

1998 y.t. tug‘ilgan A. J. “Lada 11184” rusumli avtomobilni ishonchnoma asosida boshqarish davomida kutilmaganda chapga burilgan velosipedchini urib yuborgan.

To‘qnashuv natijasida velosipedni boshqargan 1985 y.t. R. S. badan shikastlari sababli vafot etdi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tergov boshqarmasi tomonida Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.