17 oktabr kuni soat 15:40 larda Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, Yortepa qishlog‘i xududidan o‘tuvchi M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 1223-kilometrida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Haydovchi 1977 y.t. O.E. Nexia rusumli avtomobilni boshqarayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi oqibatida haydovchi, 1980 y.t. Sh. T. boshqaruvida bo‘lgan Damas rusumli avtomobili bilan to‘qnashgan.

Natijada, ikkala haydovchi va Damas rusumli avtomobili yo‘lovchisi D.E. og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Ushbu avtomobilda bo‘lgan yana bir yo‘lovchi tan jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Qamashi tuman IIO FMB xuzuridagi TB tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.