27 oktabr kuni taxminan soat 00:10 da Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasidagi “Xosilot” mehmonxonasi yaqinida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Lacetti rusumli avtomobilni ishonchnoma asosida boshqarib borgan 1996 y.t. M. M. boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetida to‘xtab turgan 1964 y.t. Sh. X. boshqaruvidagi Mercedes-Benz avtobusiga to‘qnashgan.

Oqibatda Lacetti haydovchisi voqea joyida vafot etdi.

Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda.

May oyida Toshkentda avtobus va Matiz ishtirokidagi YTH oqibatida 4 kishi jarohatlangan edi.

“Gazeta.uz” poytaxtda joriy yilning dastlabki 5 oyida avtobuslar ishtirokida 35 ta avariya sodir etilgani haqida yozgan edi.