29 sentabr kuni soat 17:00 larda, Namangan shahar Yakkasada MFY hududida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqida viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, fuqaro (1987 y.t.) o‘zi ishlovchi MCHJga tegishli Isuzu rusumli yuk avtomashinasini boshqarayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘l chetida turgan, Chortoq tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashagan (2015 y.t.) bolani urib yuborgan.

Natijada, piyoda olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 29 sentabr kuni JKning 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lumot uchun, “Gazeta.uz” sentabr oyida Namanganda Nexia yo‘lni kesib o‘tayotgan ayolni urib yuborgani, boshqa bir YTH oqibatida 3-sinf o‘quvchisi vafot etgani, keyinroq yana bir YTH oqibatida piyoda va uning 2 yoshli nabirasi vafot etgani haqida yozgan edi.