1 noyabr kuni soat 18:00 larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumani hududidan o‘tuvchi 4-R181 «Kipchoq-Mang‘it-Turkmaniston» avtomobil yo‘lining 12−13 kilometrlari oralig‘ida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Haydovchi, 1968 y.t. U.Yu. Lifan rusumli yuk tashuvchi mototsiklda harakatlanayotib, keskin ortga burilishi natijasida orqasidan harakatlanib kelayotgan haydovchi, 1956 y.t. K.B. boshqaruvidagi Nexia bilan to‘qnashgan. Oqibatda Nexia qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, haydovchi, 1963 y.t. F.M. boshqaruvidagi Isuzu rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashgan.

To‘qnashuvlar natijasida, Nexia rusumli avtomobil yo‘lovchisi 1960 y.t. A.R. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida. Uning 2017 y.t. nabirasi B.R. shifoxonada vafot etgan. Ushbu avtomobil haydovchisi K.B. va yana ikki nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Amudaryo tumani IIB TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.