14 oktabr kuni soat 6:20 larda Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1050-km da YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Nexia rusumli avtomashina haydovchisi yuqori tezlikda harakatlanib kelib, boshqaruv vaqtida uxlab qolgan. Natijada mashina yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketgan. YTH oqibatida avtomashinada yong‘in sodir bo‘lgan.

Hodisa natijasida mashina salonida bo‘lgan 2 yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan. Haydovchi tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.