Ijtimoiy tarmoqlarda 21 sentabr kuni Andijon shahri, Bog‘ishamol dahasida bo‘lgan ayanchli avariya oqibatida Tracker ichida bo‘lgan 3 nafar talabalar halok bo‘lganligi haqida xabarlar tarqaldi (video).

Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov izoh berdi.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida 3 nafar shaxs vafot etgan va 1 nafar shaxs tan jarohati olgan.

Mazkur holat yuzasidan 22 sentabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda Andijon tuman IIB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat o‘rnatilgan.