Farg‘ona viloyati Furqat tumanida A376 Qo‘qon — Jizzax avtomobil yo‘lining 10 km da YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Sevimli telekanalining “Zamon” dasturi xabar berdi.

Nexia-2 avtomashinasi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi oqibatida “Vaz-2105” avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida 2 nafar fuqaro voqea joyida, yana 2 kishi shifoxonada vafot etdi. Qolgan 3 nafar fuqaro shifoxona jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Ayni damda ushbu YTH yuzasidan tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

4 noyabr kuni soat 20:00 larda Qashqadaryo viloyati, Koson tumani, Mudin qishlog‘i hududidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lining 149-kilometrida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB axborot xizmati xabar berdi.


Haydovchi 1992 y.t. S.T. Lacetti rusumli avtomobilni boshqarayotib, temir yo‘l kesishmasiga chiqib ketishi oqibatida “Buxoro-Qarshi” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan yuk tashuvchi teplovoz bilan to‘qnashgan.

Hodisa natijasida Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Koson tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.