Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtning Mirobod tumanida Matiz haydovchisi piyodalarni urib yuborganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan IIV YHXBB axborot xizmati izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, 15 oktabr kuni soat 21:23 larda Toshkent shahar, Mirobod tumani, Yangi Qo‘yliq ko‘chasi “Afsona” binosi qarshisida haydovchi 1983 y.t. J.M. Matiz avtomashinasi boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida yo‘l chetida turgan piyodalarni urib yuborib, ag‘darilib ketgan.

Hodisa natijasida 3 nafar piyoda tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Yo‘l chetida turgan avtomobillarga ham zarar yetgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.