Toshkent shahrining Amir Temur ko‘chasi, TATU universiteti qarshisida 4 ta mashina ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi, deya xabar qilmoqda YHXX matbuot xizmati.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 14 noyabr kuni soat 21:10 larda Toshkent shahar Amir Temur ko‘chasi TATU universiteti qarshisida 2000 yilda tug‘ilgan haydovchi A.K. boshqaruvidagi Lada Vesta, 1993 yilda tug‘ilgan haydovchi L.M. boshqaruvidagi Equinox, 1998 yilda tug‘ilgan haydovchi A.A. boshqaruvidagi Mercedes-Benz, yo‘l chetida to‘xtab turgan Nexia (haydovchining shaxsiga aniqlik kiritilmoqda) avtomobillari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.


Voqea sabab Equinox avtomobili ag‘darildi. Avtomobil haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatildi.

YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.