Navoiyda Lacetti avtomobili haydovchisi ikki nafar piyodani urib yubordi, deya xabar qilmoqda YHXX matbuot xizmati.

15 noyabr kuni soat 17:50 larda Navoiy viloyati Navoiy shahri Imom al-Buxoriy ko‘chasida haydovchi, 1987 yilda tug‘ilgan X.A. boshqaruvidagi Lacetti harakatlanayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni piyoda kesib o‘tayotgan A.A. va B.B.ni urib yuborgan.

Hodisa oqibatida piyodalar tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

YTH yuzasidan Navoiy shahri IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.